Grenlandiya kiti
Grenlandiya kiti, qutb kiti (Balaena musticetus) — sut emizuvchilar sinfining tishsiz kitlar kenja turkumiga mansub hayvon. Uzunligi 21 m gacha, boshi juda katta, ogʻiz boʻshligʻida tanglaydan oʻsib chiqqan 3–4 m keladigan 300—400 tacha shoxsimon plastinkalar — kit "moʻylov"lari bor. Orqa suzgichi boʻlmaydi. Usti va biqinlari kulrang yoki qora, tomogʻi va baʼzan qorni oqish. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. G. k., asosan, Atlantika okeani va Tinch okeanning shim. rayonlarida tarqalgan, hozir Chuqot va Bering dengizlarida kamdan-kam uchraydi. Kuzda urchib, bahorda (ikki yilda bir marta) uz. 5 m gacha boʻlgan 1 ta bola tugʻadi. 1946-yildan buyen ovlash man etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |