Greyder
Greyder (ing . grader, grade — tekislash) — yoʻl ochish, ariq va zovurlar qazish, yer tekislashda ishlatiladigan mashina. Tirkama yoki oʻziyurar (avtogreyder), ogʻir, oʻrtacha va yengil xillari bor. Asosiy ish organi — tishli agʻdarma. Tuproqni qazib chetga toʻkadigan yoki bir yoʻla yuk tashish vositalariga ortadigan moslamalar bilan jihozlangan G.lar G. -elevatorlar deb ataladi. G.lar qurilish, qishloq xoʻjaligi va b.da ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |