Grigoriy Petrovich Kim (1916.22.8 — 1976.18.10, Toshkent) — rejissyor, rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1951). 1939—47 yillar Toshkent viloyat Koreys musiqali teatrining bosh rassomi. Keyinchalik Andijon musiqali drama teatrida rejissyor (1951—54). Janubiy Saxalin koreys teatrida (1954—60), Namangan (1960—65, 1968—72) va Surxondaryo (1965—68) teatrlarida bosh rejissyor 1972—76 yillar Oʻzbek davlat filarmoniyasi "Kayagim" (1984-yildan "Chinchun") koreys ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari. Eng yaxshi spektakllari: "38-parallel janubrogʻida", "Revizor", "Momaqaldiroq", "Tayfun", "Toshbolta oshiq", "Yoshlikda bergan koʻngil", "Oʻliklar kechirmaydi", "Ufq" va boshqa.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil