Grinch (talaffuzi: Grinch) — bolalar yozuvchisi va multiplikatori Dr. Seuss yaratgan personaj[1]; „How the Grinch Stole Christmas!“ (1957) kitobining bosh qahramoni.

Grinch
Grinch obrazi

Grinch (oʻngda) va uning iti Max
Ilk bora koʻringan „How the Grinch Stole Christmas!“ (1957)
Muallif(lar) Dr. Seuss
Dizayner(lar) Dr. Seuss
Jonlantirgan(lar) Jim Carrey („kinofilm“)
Ovoz bergan(lar)
Umumiy maʼlumotlar
Jinsi erkak
Oilasi Max (eng yaqin doʻsti)

Xarakteristikasi

tahrir

Grinch — mijgʻov, surbet, badqovoq jonzot. Tanasi yashil yung bilan qoplangan, burni qaqqaygan. Yuzi mushuk yuzini eslatadi. Whoville nomli xayoliy shaharcha yaqinidagi togʻ choʻqqisida yolgʻizlikda yashaydi. Rojdestvo taraddudidan oʻlguday nafratlanadi. Boshqalarning xursandchiligi ham uning gʻashiga tegadi. Yagona hamrohi — Max (talaffuzi: Maks) laqabli it.

Manbalar

tahrir
  1. Witter, Brad „Who Was Dr. Seuss' Inspiration for the Grinch? Himself!“ (inglizcha). Biography. Qaraldi: 2020-yil 6-may.

Havolalar

tahrir