Gropius Valter
GROPIUS (Gropius) Valter (1883.18.5, Berlin — 1969.5.7, Boston, AQSH) — nemis meʼmori, dizayn loyihachisi va meʼmorlik nazariyotchisi. Funksionalizm asoschisi. Meʼmorlikda ratsionalizm qoidalarini ishlab chiqqan. Qurilish va badiiy loyihalash oliy maktabi — "Bauxauz" asoschisi va direktori (1919 — 28). Funksionalizm tajribalariga suyanib, yangi qurilish texnikasi yutuqlaridan foydalanib, neoklassitsizm ruhidagi binolar qurgan: Kembrijdagi Garvard universitetining yangi korpusi (1948 — 50), Afinadagi AQSH elchixonasi (1957 — 61), Nyu-Yorkdagi "Panamerikan erlayns" aviatsiya shirkati koʻp qavatli binosi (1958 — 63) va b. 1937-yildan AQShda yashagan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |