Guilherme Marinato
Guilherme Alvim Marinato (ruscha: Гилье́рми Алви́н Марина́ту 1985-yil 12- dekabrda tugʻilgan) professional futbolchi, Moskvaning „Lokomotiv“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan Guilherme Rossiya fuqaroligini olgan va Rossiya milliy futbol jamoasi vakili hisoblanadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Guilherme Alvim Marinato | ||
Tavallud sanasi | 12-dekabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Cataguases, Minas Gerais, Brazilya | ||
Boʻyi | 1.98 m[1] | ||
Ampluasi | Goalkeeper | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lokomotiv Moscow | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001-2005 | PSTC | ||
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 7-sentyabr uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirAtletiko Paranaense
tahrirU 2005-yil 13-fevralda Campeonato Paranaenseda Nacional Atletico Clube mehmoni boʻlib, 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan tarzda Atletiko Paranaense uchun professional debyutini oʻtkazgan. Gilyerme Marinato klub safidan yuqoriga koʻtarilib, 2007-yilgi mavsumda 18 liga oʻyinlari va Braziliya kubogida uchta oʻyin oʻtkazgan[2].
2007-yilning avgustida Giyerme Marinato Moskvaning Lokomotiv klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[3] va Rossiya futbolidagi birinchi braziliyalik darvozabonga aylangan[4]. Unga 85-raqamli futbolka topshirilgan. 2007-yilda u asosiy tarkibda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan, oʻrinbosarlar safida bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan.
Gilerme Marinato 2009-yil 12-iyulda Rossiya Premer-ligasida Tomskga qarshi oʻyinda (0:0) oʻzining rasmiy debyutini oʻtkazgan, oʻshandan beri "Lokomotiv"ning asosiy darvozaboni boʻlib kelmoqda. 2010-yilda Giyerme forma raqamini 85 dan 1 ga oʻzgartirgan[5]. Bu mavsumda u liganing barcha 30 uchrashuvida maydonga tushgan. 2010-yil 19-avgustda Giyerme UEFA Yevropa ligasidagi debyutini " Lozanna-Sport „ga qarshi oʻtkazgan.
2013-yilning fevral oyida Kiprdagi qishki lagerda Giyerme Marinato bosh murabbiy Slaven Bilich tomonidan “Lokomotiv " sardori etib tayinlangan[6]. 2013-yil iyul oyida Giyerme Marinato „Lokomotiv“ muxlislari oʻrtasidagi oylik tanlovida gʻolib chiqdi va oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[7]. U 2014-yil 28-iyulda CSKAga qarshi oʻyinda xoch boylamlari jarohatidan keyin olti oyni oʻtkazib yuborgan va keyingi yilning bahorida asosiy jamoaga qaytgan. Bu mavsum Gilerme uchun Lokomotivda eng muvaffaqiyatli boʻlgan, Loko bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
2015-yil mart oyida uning oʻyinlari unga yana bir bor „Lokomotiv“ jamoasining oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini taqdim etgan.
2022-yilning 23-may kuni Giyerme „Lokomotiv“ bilan 2024-yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolagan[8].
Xalqaro karyera
tahrirGuilherme Marinato Braziliyada tugʻilib oʻsgan. U Rossiya fuqaroligini olgan va 2015-yilning 22-noyabr kuni futbol boʻyicha Rossiya milliy terma jamoasi safida Litva va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan. U 2016-yilning 26-martida Otkrytiye Arenada debyutini oʻtkazgan va oʻyinda hamkasbi Stanislav Kritsyuk oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan Rossiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U UEFA Yevro-2016da Rossiya terma jamoasiga kiritilgan, biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.
2018-yilning 11-may kuni u Rossiya terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatining kengaytirilgan tarkibiga zaxira 5-darvozabon sifatida kiritilgan. U jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilmagan. Igor Akinfeev jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatini tugatgandan soʻng, Giyerme Andrey Lunyov bilan raqobatlashib, jamoaning birinchi darvozaboniga aylangan.. Yevro-2020 saralashining 10 ta oʻyinidan 6 taoʻyin oʻtkazib, atigi 8 ta gol oʻtkazib yuborgan.
Shaxsiy hayot
tahrirMarinato rus tilini yaxshi biladi. 2015-yil 22-noyabrda Gilerme Rossiya fuqaroligini olgan va Rossiyani xalqaro miqyosda himoya qilish huquqini olgan.
Karyera statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Boshqa | Continental | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Atlético Paranaense | 2005 | A Seriya | 0 | 0 | 0 | 0 | ? | 0 | 0 | 0 | ? | 0 |
2006 | 0 | 0 | ? | 0 | ? | 0 | — | ? | 0 | |||
2007 | 18 | 0 | 3 | 0 | ? | 0 | — | 21 | 0 | |||
Jami | 18 | 0 | 3 | 0 | ? | 0 | 0 | 0 | 21+ | 0 | ||
Lokomotiv Moscow | 2007 | RPL | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||
2008 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||||
2009 | 17 | 0 | 0 | 0 | — | — | 17 | 0 | ||||
2010 | 30 | 0 | 1 | 0 | — | 2 | 0 | 33 | 0 | |||
2011-12 | 40 | 0 | 2 | 0 | — | 8 | 0 | 50 | 0 | |||
2012-13 | 11 | 0 | 0 | 0 | — | — | 11 | 0 | ||||
2013-14 | 6 | 0 | 0 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||||
2014-15 | 19 | 0 | 4 | 0 | — | 2 | 0 | 25 | 0 | |||
2015-16 | 30 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 39 | 0 | ||
2016-17 | 29 | 0 | 4 | 0 | — | — | 33 | 0 | ||||
2017-18 | 23 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 31 | 0 | ||
2018-19 | 30 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 42 | 0 | ||
2019-20 | 24 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | 30 | 0 | ||
2020-21 | 25 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 36 | 0 | ||
2021-22 | 19 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 24 | 0 | ||
Jami | 303 | 0 | 20 | 0 | 6 | 0 | 48 | 0 | 377 | 0 | ||
Kareyerada jami | 317 | 0 | 23 | 0 | 6+ | 0 | 48 | 0 | 394+ | 0 |
Yutuqlar
tahrir- Atletiko Paranaense
- Kampeonato Paranaense : 2005-yil
- Lokomotiv Moskva
- Rossiya kubogi : 2014-15, 2016-17, 2018-19 2020-21[9]
- Rossiya Premer-ligasi : 2017-18
- Rossiya Superkubogi : 2019
Shahsiy yutuqlar
- Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi darvozaboni: 2020-21[10]
Manbalar
tahrir- ↑ „Маринато ГИЛЕРМЕ | ФК Локомотив“.
- ↑ „Lokomotiv steam in for Guilherme“. UEFA.com (21-avgust 2007-yil). Qaraldi: 7-fevral 2010-yil.
- ↑ „Lokomotiv steam in for Guilherme“. UEFA.com (21-avgust 2007-yil). Qaraldi: 7-fevral 2010-yil.
- ↑ „ГИЛЬЕРМЕ: "ОБ ОВЧИННИКОВЕ СЛЫШАЛ И ОЧЕНЬ ЕГО УВАЖАЮ"“. sport-express.ru (22-avgust 2007-yil). Qaraldi: 28-mart 2012-yil.
- ↑ „Гильерме будет выступать под первым номером“. Чемпионат.com (16-fevral 2010-yil). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2012-yil.
- ↑ „Официальный сайт ФК "Локомотив" :: Новости :: Гилерме – капитан "Локомотива"“. 16-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2013-yil.
- ↑ „Официальный сайт ФК "Локомотив" :: Новости :: Гилерме – игрок июля!“. 6-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2013-yil.
- ↑ „"ЛОКОМОТИВ" И МАРИНАТО ГИЛЕРМЕ ПОДПИСАЛИ НОВОЕ СОГЛАШЕНИЕ“ (ru). FC Lokomotiv Moscow (23-may 2022-yil). Qaraldi: 30-may 2022-yil.
- ↑ „Lokomotiv beat FNL champions Krylia to win Russian Cup“. Russian Premier League (12-may 2021-yil).
- ↑ „All individual award winners for RPL 2020/21 season“. Russian Premier League (26-may 2021-yil).