Gul — 1) islimiy naqsh; tabiatdagi gullarni naqqosh tomonidan uslublashtirib olingan tasviri. Naqsh mujassamotida uni toʻldiradi va jozibali qiladi hamda asosiy yoki ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻladi. Gullar murakkab (pistagul, koʻpbargli Gul va b.) va oddiy (oygul, lolagul, paxtagul va b.) turlarga boʻlinadi. Amaliy sanʼatning barcha sohalarida qoʻllanadi; 2) naqsh soʻzi oʻrnida keng ishlatiladi. Gul soʻziga naqsh nomi qoʻshib aytiladi (mas, Gullii raftor, davra Gul va b.).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil