Gul masjid — Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman idagi meʼmoriy yodgorlik (1875). Bino chortoq tarhli (17,2x11,7 m), bir ustunli, murabba tarxli xonaqoh (7,7x7,7 m) va uch tomoni ayvondan iborat. Pishiq gʻisht (26x26x4—50 sm)dan, toʻsin tashlab, yassi tomli qilib yopilgan. Shifti naqshlar bilan nafis bezatilgan, mehrobi iroki ravoqli, atrofiga zanjira naqsh ishlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil