Guldirov – Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan qishloq. Qishloq nomini kelib chiqishi sababini, shu yerdan oqib oʻtadigan katta ariq suvining daryo oʻzaniga guldirab oqib turishi bilan bogʻlaydilar. Shuningdek, Mingbuloq neft koniga yaqin bu joyning nomini keksalar yer osti guldirashlari bilan ham aloqador, deb hisoblaydilar. Boshqa manbalarda esa bu yerdagi buloqlarda koʻp miqdorda suv oqqan va sharsharaday shovqin solib, chiroyli manzarani yaratgan. Qishloqning nomi ham shu manzaradan, yaʼni „Guldir-ob“ dan olingan deyiladi[1].

Sharq va Gʻarbdan Koʻshan adirlari, shimoldan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Koʻriq, janubdan esa Koʻshan qishloqlari bilan chegaradosh. Tuman markazi va yaqin temir yoʻl bekati Chortoq boʻlib tuman markazidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. Aholisi 6127 kishi (2023-yil). Aholisi asosan bogʻdorchilik, uzumchilik va pillachilik bilan shugʻullanadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 100-bet. 
  2. Ali Jabbor. Namangan viloyati.