Guldon — I) gul solib qoʻyiladigan, uy va jamoat joylarida ishlatiladigan badiiy buyum. Sopol, shisha, yogʻoch, tosh, kumush, tilla kabilardan yasaladi. Jahonning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan Oʻrta Osiyoda ham qadimdan mavjud. 6—12-asrlarda Quva. Dulbuk, Isfara sh.larida rangli shisha guldonlar yasash rasm boʻlgan. 14—15-asrlarda xon saroylariga kumush va tilla guldonlar qoʻyilgan. 18—19-asrlarda asosan naqshli sopol guldonlar tayyorlangan. Hozir guldonlar chinni va kulollik zavodlarida ishlab chiqarilmoqda (yana qarang Vaza); 2) amaliy sanʼat (naqqoshlik, miskarlik, zargarlik, kashtachilik va b.)da guldonning badiiy qiyofasi turli shakllarda tasvirlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil