Guli Ergasheva

Filologiya fanlari doktori, „Shuhrat“ medali sohibasi.

Ergasheva Guli Ismoil qizi (1980-yil, 11-dekabr; Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani) – filologiya fanlari doktori (professor), „Shuhrat“ medali sohibasi.

Guli Ergasheva
Tavalludi 11-dekabr 1980-yil (1980-12-11) (43 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Andijon davlat chet tillari instituti (Bakalavr)
Oʻzbekiston Milliy universiteti (Magistratura)
Kasbi Oʻqituvchi
Dini Islom
Unvoni Professor
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

Guli Ergasheva 1980-yil 11-dekabrda Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

2000-yilda Andijon davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2002-yilda esa Oʻzbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan[1].

2018-yilda „Turli tizimdagi tillarda genderga oid terminologiyaning shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillar“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].

Faoliyati

tahrir
  • 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti aspiranti;
  • 2006—2015-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi;
  • 2015—2018-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti;
  • 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti;
  • 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari kafedrasi professori;
  • 2021—2023-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovini;
  • 2023-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani[1].

Mukofotlari

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir