Guliston jomeʼ masjidi
Guliston jome masjidi — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi masjid[1]. 1905-yilda barpo etilgan. 1926-yil yopilib, 1947-yilda esa yana qayta ochilgan. 2007—2009-yillarda masjidning hozirgi binosi qaytadan hashar yo‘li bilan rekonstruksiya qilingan. Masjid hududi kengaytirildi, tahoratxona, masjid xonaqosi va keyinroq qo‘shimcha maʼmuriy binolar qurilgan. Maydoni 4800 kvadrat metr bo‘lib, uning asosiy binosiga 2000 kishi, ayvon va qo‘shimcha binolar bilan hisoblanganda esa 3000 dan ortiq kishi namoz oʻqishi mumkin[2].
Masjid | |
Guliston jome masjidi
Guliston | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Guliston |
Manzil | Toshkent yoʻli koʻchasi, Guliston, Sirdaryo |
Koordinatalar | 40°29′38″N 68°45′46″E / 40.4939041°N 68.7628661°E |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Binokorlik | 1905—??? |
Soʻngi imom | Habibulloh Zokirov |
Umumiy maydoni | 4800 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Qurilish materiali | gʻisht |
Holati | ishlaydi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Sayt | Rasmiy sayt |
Guliston jomeʼ masjidi Vikiomborda |
Masjidda 4 ta minora hamda 1 ta gumbaz mavjud[3]. 2021—2023-yillarda yangi tahoratxona qurib bitkazildi, masjidning ichki dizayniga oʻzgartirish kiritildi. Shuningdek, masjid Guliston shahridagi eng katta masjid hisoblanadi[manba kerak].
Imom xatiblar
tahrirGalereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Гулистон жоме масжиди“. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ „Muftiy hazratlari 24 dekabr kuni Sirdaryo viloyatidagi “Guliston” masjidiga juma namoziga tashrif qiladilar“ (2021-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ MUFTIY HAZRATNING SIRDARYO VILOYATIDAGI "GULISTON" JOMЕ MASJIDIGA JUMA NAMOZIGA TASHRIFLARI YouTubeda Muslim uz
- ↑ „Sirdaryo viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi“ (2018-yil 22-iyul). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ „Toshkentdagi masjid imomi Sirdaryo viloyatiga yangi bosh imom-xatib bo‘ldi“ (2018-yil 22-iyul). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
Vikiomborda Guliston jomeʼ masjidi haqida turkum mavjud |