Gulsum Joʻrayeva
Gulsum Temirovna Joʻrayeva (1954.24.6, Vobkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1975). 1975-yildan Vobkent tumanidagi 8-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. J. taʼlim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi. Maktabda oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil etib, oʻquvchilarning yozma va ogʻzaki nutqini rivojlantirish, oʻzbek xalqining boy adabiy merosini urganish va shu orkali ularning maʼnaviyatini shakllantirishga katta eʼtibor beradi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |