Gupsar
Gupsar — qad. oʻzbek harbiy atamalaridan biri. Qoʻy yoki Qoramolni yormasdan sanoch qilib shilib, junini tozalab, ichini havo bilan toʻldirib, ustiga minib, suvdan, daryodan kechib oʻtadigan meshga oʻxshagan moslama. Daryodan juda koʻp kishi yoki otlar, koʻplab chorva mollarni oʻtkazish chogʻida qoʻy yoki qoramolning bir nechtasini sanoch shaqlida shilib, terini havo bilan toʻldirib, bir-biriga bogʻlab, ustiga qamish tashlab soʻngra oʻtilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |