Gur tillari
Gur tillari — niger-kongo tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Gur nomi shartli. Tovushlar birikmasi G. t. koʻpchiligi (gurma, guren, gurunsi, guruba va b.)da mavjudligi uchun shunday nomlangan. G.t. voltiy tillari deb ham ataladi. G.t. Gʻarbiy Afrika, Mali, Niger, Gana, Togo, Benin, Kot-d-Ivuar va Burkina-Faso hududlarida Tapqalgan boʻlib, qariyb 14 mln. kishi soʻzlashadi (1991). G.t.ning yuzga yaqin turi maʼlum, ular turli shevalarga ega. G.t. shevalarining ayrimlari hali oʻrganilmagan. G.t. tilshunoslar tomonidan turlicha tasnif qilingan. Hoz. G.t. 10 guruhga boʻlingan, ularning bir-biridan farqi kattaligi tufayli har biri ayrim guruh sifatida qaraladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |