Gurzuvon, Gurzivon, Jurzuvon — Afgʻonistonning shim.da joylashgan oʻrta asrlardagi tarixiy shahar va viloyat. 10-asrda Gurzuvon — mahalliy xukmdorlarning yozgi qarorgohi. Gurzuvon shahri togʻlar orasida joylashganligi tufayli iqlimi juda sogʻlom va musaffo boʻlgan. 12-asrda mustahkam qalʼaga ega Gurzuvon va uning atrofidagi togʻ dovonlari Makkani eslatgan. 10-asrda Gurzuvonda koʻplab miqdorda yaxshi "nabiz", yaʼni vino ichimligi tayyorlangan. Muhammad Xorazmshohning (13-asr boshi) Gurzuvonda oʻz zarbxonasi boʻlgan. Gurzuvonda Gʻuriylarnmng "malik" unvoniga ega boʻlgan noiblari turishgan. Ulardan biri — Husayn Harmil gʻuriylar qoʻshinining ilgʻoriga qoʻmondonlik qilgan. 15—18-asr birinchi yarmida Gurzuvonga koʻplab yirik qishloqlar tobe boʻlgan. Oʻrta Osiyoga Shapboniyxon qoʻshinlari bostirib kirganda (1503) Husayn Boyqaro oʻgʻli Badiuzzamon mirzoga Gurzuvonni mustahkamlash zarurligi haqida noma yuborgan. Nodir Muhammadxon davrida (1631) G.Abdulaziz sultonga tegishli mulk (iqto) boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazimnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.