Gusanlar
Gusanlar — arman xalq qoʻshiqchi, dostonchi va sozandalari. Gusanlar sanʼati Armanistonda qadimdan (dastlabki maʼlumotlar 5-asr yozma manbalarida bor) maʼlum. Oʻrta asrlarda arman xalq teatri ishtirokchilarini ham Gusanlar deb atashgan. Ular turli tadbir (tuy bazmi, sayil, maʼraka va b.)da qatnashib, ishqmuhabbat, xalq qahramonlari, oʻyinkulgi bilan bogʻliq qoʻshiqlarni, alla, yigʻi kabilarni ijro etishgan, oʻzlari ham monodiya uslubida asarlar yaratishgan. 17-asrdan G. ijodi zaminida ashuglar sanʼati rivoj topdi. Gusanlar faoliyati oʻzbek dostonchilik va bastakorlik anʼanalariga yaqin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |