Gustave Eiffel
Aleksandr Gyustav Eyfel (fransuzcha: Alexandre Gustave Eiffel; 1832-yil 15-dekabr, Dijon 1923-yil 28-dekabr, Parij) — fransuz quruvchi muhandisi. Parijdagi Sanʼat va hunarmandchilik markaziy maktabini tugatgan (1855). Metall konstruksiyalardan foydalanib, koʻpriklar, viaduk va boshqalar inshootlarni loyihalagan va oʻzi boshchiligida qurdirgan [mas, Portuda (Portugaliya) Doru daryosiga qurilgan koʻprik, Bordo, Tarabi, Budapesht vokzalidagi koʻpriklar]. Panama kanali qurilishida faol ishtirok etgan. Uning loyihasi boʻyicha asosan metalldan qurilgan Eyfel minorasi uni jahonga mashhur qiddi. Eiffel 1900-yildan asosan aerodinamika boʻyicha tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan.[1]
Aleksandr Gyustav Eyfel | |
---|---|
Gustave Alexandre Eiffel | |
![]() | |
Tavalludi |
15-dekabr 1832-yil |
Vafoti |
28-dekabr 1923-yil (91 yoshda) Parij |
Fuqaroligi | Fransiya |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |