Guttatsiya -oʻsimlik barglaridagi bezchalar
GUTTATSIYA (lotincha gutta - tomchi) -oʻsimlik barglaridagi bezchalar — gidatodalar orkali suvning tomchilar holida ajralishi. G. ildiz qabul qilgan suv barglar bugʻlatgan suvdan ortganda (kechasi, tongda, nam atmosferada) roʻy beradi. G. oʻsimlik toʻqimasidagi suv muvozanatini tartibga solib turadi. Mas, sernam tropik oʻrmonlarda oʻsadigan Colocasia nimphaefolia oʻsimligining bitta bargi bir kechada 100 ml suv ajratadi. G. bugʻdoy maysalarida, qulupnay, terak va tol barglarida ham sodir boʻlib turadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |