Guzal Ramazanovna Sitdikova (boshqirdcha: Гүзәл Рамаҙан ҡыҙы Ситдиҡова) – boshqird yozuvchisi, shoira, publitsist va tarjimon. Rossiya Yozuvchilar uyushmasi va Boshqirdiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2004-yildan 2011-yilga qadar Boshqirdiston Respublikasi Boshqird ayollari jamiyatining rahbari. 2012-yildan beri Vikimedia Jamgʻarmasi xalqaro koʻngillilar harakatida ishtirok etib kelmoqda.

Guzal Sitdikova
Tavalludi 1952-yil 10-iyun
Inzel qishlogʻi, Beloretskiy tumani, Boshqirdiston ASSR, Rossiya SFSR
Fuqaroligi SSRI, Rossiya Federatsiyasi
Taʼlimi Chelyabinsk davlat madaniyat instituti
Kasbi yozuvchi, shoir, piblitsist, tarjimon

Biografiyasi

tahrir

Sitdikova Guzal Ramazanovna 1952-yil 10-iyunda Rossiyaning Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Beloretskiy tumani Inzer qishlogʻida tavallud topgan. 1967-yilda sakkiz yillik maktabni tamomlagach, Beloretsk pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirgan. 1971-yildan boshlab Beloretsk shahridagi 1-sonli internat maktabida tarbiyachi boʻlib ishlagan, shundan soʻng shahar­dagi turli taʼlim muassasalarida mehnat faoliyatini davom ettirgan[1][2].

Sitdikova 1980-yilda Chelyabinsk Davlat madaniyat institutining kutubxonachilik boʻlimini tamomlagan. 1983-yildan boshlab Beloretsk tumanining „Ural“ gazetasida ish boshlagan. 1986-yildan boʻlim boshligʻi[3][4], 1987-yildan esa gazeta bosh muharriri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan[4].

1989-yildan 1995-yilgacha Beloretsk tumani „Ural“ hududiy gazetasining bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritgan. 1991–1995-yillar davomida Bashqird ASSR Oliy Kengashining XII chaqiriq xalq deputati etib saylangan.

1995-yildan 2008-yilgacha Boshqirdiston Respublikasi Davlat Majlisining I–III chaqiriqlari deputati boʻlgan. 2011–2012-yillarda Boshqirdiston Respublikasi Jamoatchilik palatasining I chaqiriq aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan. 2004–2011-yillar davomida Boshqirdiston Respublikasi Boshqird ayollar jamiyati raisi etib saylangan. Shuningdek, Sitdikova Butunjahon Boshqirdlar Qurultoyi Ijroiya qoʻmitasi faoliyatida ham ishtirok etgan[5].

2002-yilda Sitdikova Boshqirdiston Respublikasining Faxriy diplomi bilan taqdirlangan.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Sitdikovaning asarlari 1976-yildan nashr etila boshlangan. „Ural“ tuman gazetasida ishlagan vaqtida uning ijodiy ishlari respublika matbuotida ham chop etilgan. Ijodiy faoliyati davomida oʻn bitta kitob va yigirmaga yaqin ilmiy maqola yaratgan.

Manbalar

tahrir
  1. Romanov B. „To the anniversary of the writer and public figure Guzeli Sitdikova“ (ru). Bashinform (2012-yil 10-iyun).
  2. „The article in the Bashkir Encyclopedia“. 2019-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  3. Romanov B. „To the anniversary of the writer and public figure Guzeli Sitdikova“ (ru). Bashinform (2012-yil 10-iyun).
  4. 4,0 4,1 „The article in the Bashkir Encyclopedia“. 2019-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  5. To the anniversary of the writer and public figure Guzeli Sitdikova Bashinform June 10, 2010