Gviana oqimi
(Gviana Oqimidan yoʻnaltirildi)
Gviana oqimi - Jan. Amerikaning shim. - sharqiy qirgʻoqlari yaqinidagi iliqoqim (Atlantika okeanida), Jan. Passat oqimining tarmogʻi. SanRoki burnidan (Braziliyada) boshlanib, Gviananing shim.-gʻarbiy qirgʻoqlaridan oʻtadi va Shim. Passat oqimiga qoʻshilib ketadi. Suvining oʻrtacha yillik temperaturasi 23 — 28°, shoʻrligi 35 — 36,5 %o, tezligi soatiga 1,8 — 2,3 km.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |