Gvido Reni
Gvido Reni (1575-1642) mohirona ijro etilgan, ammo chidab bo‘lmas darajada zerikarli va sentimental bo‘lgan ko‘plab diniy va mifologik rangtasvirlarning muallifi sifatida tanilgan (ayniqsa bu rangtasvir asarlarining aksariyati uning ustaxonasida so‘nngi yillarda ishlangan).
Hayoti va Ijodi
tahrirBu iste’dodli odamning nomi, biroz jo‘shqin rassom bo‘lsa ham, keyinchalik akademik rangtasvirda bo‘lgan barcha jonsiz, yolg‘on, bemaza chuchmal kabi iboralar sinonimiga aylandi.
1610-yilga kelib, Gvido Reni Rimdagi akademik yo‘nalishdagi yetakchi rassom bo‘lgan. 1614-yilda u [[Boloniya]]ga qaytib keladi, u yerda ustozi [[Lodoviko Karrachchi]]ning vafotidan so‘ng, 1619-yildan boshlab Boloniya akademiyasini boshqaradi. Renining eng markaziy (mashhur) ishi - Rimdagi [[Rospilozi palatssos]]i kazinosidagi freska “Avrora” (1613-yil) freskasi. Yengil nafislik va harakatga to‘lgan ushbu go‘zal kompozitsiya, kumush-kulrang, havorang va oltin ranglarning sovuq tuslarida yozilgan bo‘lib, u Renining nazokatli va shartli uslubini yaxshi ifodalaydi hamda Farneze galereyasidagi Karrachchining og‘ir plastikli va nozik hissiyotlarga to‘la yorqin obrazlaridan ajralib turadi. “Avrora” kompozitsiyasining muayyan koloriti, yassi bo‘rtmaliligi va sokin vazminligi akademik yo‘nalishga mos ravishda klassitsizm elementlarining paydo bo‘layotganligidan dalolat beradi. Keyinchalik bu tendensiyalar kuchayib boradi. Rassomning etuk asarlari orasida “Atalanta va Gipomen” kartinasi (1622-1625-yy.; Neapol, Kapodimonte muzeyi) yalang‘och tanalarning sovuq go‘zalligi, chiziqlar va ritmlarning ajoyib ijrosi bilan ajralib turadi. Mazkur kartina ikki nusxada yaratilgan bo‘lib, dastlabki nusxasi 1618-1619-yillar oralig‘ida ishlangan.
Manba
tahrir"Umumsan'at Tarixi" Abdullayev Obidjon Oripovich Toshkent-2020
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |