Gvineya qoʻltigʻi
Gvineya qoʻltigʻi — Atlantika okeanining Ekvatorial Afrika sohillari bilan tutashgan joyidagi qoʻltiq. Shimolda Palmas va janubda Lopes burunlari oraligʻida. Maydoni 753 ming km2. Eng chuqur joyi 5207 m. Gvineya qoʻltigʻi 2 ta qoʻltiq — Biafra va Beningga ajratilgan. Orol koʻp (Bioko, San-Tome, Prinsipi va b.). Suvining shoʻrligi 34 — 35%o, yillik temperaturasi 25 — 27". Suv qalqishi yarim sutkali (2,7 m gacha). Gvineya qoʻltigʻi ga Kongo, Niger, Volta, Ogove va b. daryolar quyiladi. Asosiy portlari — Lome, Lagos, Akkra, Librevil va boshqalar kiradi
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |