H-xolinomimetiklar
Manba: Farmakologiya-Azizova 2006 H—xolinoretseptorlami qoʻzgʻatuvchi moddalar H-xolinomimetiklar deb ataladi. H — xolinoretseptorlar simpatik, parasimpatik gangliylarda, buyrak usti bezining xromaffm toʻqimalarida, karotid koptokchalarida, tomirlaming xemoretseptorlarida hamda markaziy nerv sistemasida joylashgan. H — xolinoretseptorlami nikotinning kichik miqdori tanlab qoʻzgʻatadi, nikotinning yuqori miqdori esa ulami falajlaydi. Ushbu guruhga nikotin, lobelin va sititon alkaloidlari mansub. Bu guruh dori vositalari n-xolinoretseptorlarga 2 bosqichli taʼsir koʻrsatadi (avval qoʻzgʻatadi, keyin esa susaytiradi)[1].
Qoʻllanishi
tahrirAmaliy tibbiyotda H-xolinomimetiklardan lobelin va sititon qoʻllanadi. Lobelin lobeliya (Lobelia inflata), sitizon rakitnik (Cytisus laburnum) oʻsimliklamdan olinadigan alkaloidlardir. Sitizinning 0,15 % li eritmasi sititon deb ataladi, kimyoviy tuzilishi piperidin unumlaridan hisoblanadi. Moddalar sinokarotid koptokchalaridagi H-xolinoretseptorlami qoʻzgʻatib, reflektor yoʻl bilan uzunchoq miyadagi nafas va qon tomirlar markazini qoʻzgʻatadi, natijada, nafas tezlashadi va chuqurlashadi, oʻpkada havo almashinuvi oshadi, qon bosimi ham bir oz ortadi. Shu bilan birga bu moddalar simpatik gangliylaming H-xolinoretseptorlarini ham qoʻzgʻatadi, simpatik nervlar oxirida mediator noradrenalinning ajralishini oshirib, qon bosimini bir oz koʻtaradi. Lobelin va sititon buyrak usti bezining xromaffm toʻqimalaridagi H — xolinoretseptorlami qoʻzgʻatishi tufayli qon bosimi koʻtariladi. Qon bosimi koʻtarilishi buyrak usti bezining miya qismidan adrenalinning ajralishiga ham bogʻliqdir. Lobelin va sititon moddalari reflektor analeptiklar hisoblanadi, ular asosan nafas yetishmovchiligida, markaziy nerv sistemani falajlovchi moddalar (barbituratlar, narkotik analgetiklar) bilan zaharlanganda hamda nafas markazi hujayralarining uglekislotaga sezuvchanligi kamayib ketganda qoʻllanadi. Moddalar CO bilan zaharlanganda, nafas reflektor tarzda toʻxtaganda, baʼzi jarrohliklardan keyin kuzatiladigan oʻpka faoliyatining yetishmovchiligida, pnevmoniya va atelektazlaming oldini olish uchun ham qoʻllanadi.
Nojoʻya tasirlari
tahrirModdalar faqat venalarga yuboriladi, taʼsiri 2-3 daqiqadan keyin boshlanib, 3-5 daqiqa davom etadi. Agar moddaning birinchi marta yuborilganda taʼsiri boʻlmasa, uni takror yuborishning hojati boʻlmaydi, chunki bunda nafas markazi falajlangan boʻladi, reflektor yoʻl bilan qoʻzgʻalmaydi. Lobelin va sititon gematoentsefalik toʻsiqdan oʻtib, markaziy nerv sistemasidagi H — xolinoretseptorlami qoʻzgʻatishi mumkin. Agar moddalarning miqdori oshirib yuborilsa, bemor qayt qiladi, uni talvasa tutadi hamda vagus nervi markazining faolligi oshishi tufayli yurak toʻxtab qolishi mumkin.
Tasir mexanizmi
tahrirM-xolinoretseptorlar:
Retseptor faollashishi > Ion kanallar ochilishi > Hujayraga Natriy (Na) ionlarining kirishi > Depolyarizatsiya
- Silliq mushaklarning qisqarishiga sabab bo'ladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Sobirova. M-XOLINORETSEPTORLARGA TA’SIR ETIVCHI MODDALAR. Yangl asr avlodi — 56-102-bet.
- ↑ „Cholinomimetic Drugs“. Lecturio.com. Qaraldi: 1-iyun 2022-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Farmakologiya (Azizova) [2006]
- Retseptura + Xarkevich