Herbert George Wells[4][5] (talaffuzi: Herbert Jorj Uells; 21-sentabr 1866-yil13-avgust 1946-yil) — ingliz yozuvchisi. London universitetini tugatgan (1888). 1942-yildan biologiya doktori. 1893-yilda biologiya va fiziografiya boʻyicha dareliklar yozgan. U. 19-asrning 90-yillaridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. "Vaqt mashinasi" (1895) romani bilan 20-asr ilmiy fantastikasiga asos solgan. Wells uchun Jonathan Swift, Voltaire, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba boʻlib xizmat qilgan. "Dunyolar muhorabasi" (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda oʻz ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tugilishi haqida hikoya qilgan. "Ozod etilgan dunyo" (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. "Zamonaviy utopiya" (1905) romanrisolasida esa jamiyatni davlat sotsializmi asosida qayta qurish loyihasini maʼqullagan; ammo Wells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori boʻlgan. "Vilyam Klissold dunyosi" (1926), "Oshkora fitna" (1928) romantraktatlarida U. oʻz nazariyasini marksizmga qaramaqarshi qoʻygan. Birinchi jahon urushi yillari (1914—18) da "Ozod dunyo" (1914) kitobini yozgan. 1916-yildan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan boʻlsada ("Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi"), rasman oʻz mavqeini oʻzgartirmagan.

Herbert Wells
Tavalludi 21-sentyabr 1866[1][2]
Vafoti 13-avgust 1946[3][1][2]
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik

Wells 3-marta (1914, 1920, 1934) Rossiyada boʻlgan va oʻz taassurotlarini "Mudroq Rossiya" (1920) kitobida aks ettirgan. Sovet Rossiyasi istiqboliga ishonmagan, kommunizm haqidagi gʻoyalar shunchaki bir xomxayol deb qaragan. "Koʻrinmas odam" romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1967).

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. // (unspecified title)
  4. "Wells, H. G.". Revised 18-may 2015-yil. The Encyclopedia of Science Fiction (sf-encyclopedia.com). Qaraldi: 22-avgust 2015-yil. Entry by 'JC/BS' John Clute and Brian Stableford.
  5. Parrinder, Patrick. Oxford Dictionary of National Biography. Oxford University Press, 2004. 

Havolalar

tahrir