Adamsit
(HN 2AsCldan yoʻnaltirildi)
Adamsit, digidrofenarsazin xlorid, HN(C6H4)2AsCl – sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 195°, qaynash temperaturasi 410°, zichligi 1648 kg/m3, hidsiz. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda kam eriydi. Adamsit difenilamin (C6H5)2NH va margumush (Sh)-xlorid AsCl3 dan yoki difenilamin xlorgidrat (C6H5)2NHHC1 va margumush oksidi As2O3 dan olinadi. Kimyoviy barqaror, qizdirishga va detonatsiyaga chidamli. Birinchi jahon urushining oxirida zaharlovchi modda sifatida tavsiya etilgan. Yuqori nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |