HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (inglizcha: Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi.

HTML
(Hypertext Markup Language)
Muallifi Tim berners-Lee
Turi HTML
Vebsayt html.spec.whatwg.org

Tarixi

tahrir

HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.

Sintaksis

tahrir
<!DOCTYPE html>
<html>
  <head>
    <title>Bu sarlavha</title>
  </head>
  <body>
       <p>
        Erkak: <input type="radio" name="jins" >
        Ayol: <input type="radio" name="jins" >

    </p>
    <div>
        <p>Hello world!</p>
    </div>
  </body>
</html>
<head>
  <title>Sarlavha</title>
  <link rel="stylesheet" href="stylebyjimbowales.css" /> <!-- stylesheetlarni import qilish -->
</head>
<h1>Sarlavha 1</h1>
<h2>Sarlavha 2</h2>
<h3>Sarlavha 3</h3>
<h4>Sarlavha 4</h4>
<h5>Sarlavha 5</h5>
<h6>Sarlavha 6</h6>

Imkoniyatlari

tahrir

HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:

  • Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro'yxat va hokazo).
  • Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo'lib o'zaro bog'langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
  • Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift ko'rsatkichlarini belgilash.
  • Maxsus belgilar qo'yish. ASCII kodirovkasida ko'rsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qo'yish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.
  • Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
  • Multimedia fayllarini ochish.
  • Boshqa imkoniyatlar

Versiyalari

tahrir

HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas.

HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud bo'lganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995-yil „Xalqaro O'rgimchak to'ri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda koʻp yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini o'rash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan bo'lib, darxol 3.2 versiyaga o'tildi. Unda 3.1 versiyadagi ba'zi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida alohida ko'rsatildi.

HTMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (masalan, <label>) tushirib qoldirildi, ba'zi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan, <font> tegi oʻrniga CSS imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).

Manbalar

tahrir

<!DOCTYPE html> <html lang="uz">

   <head></head>
   <body></body>

</html>

Havolalar

tahrir