Habibullo Ergashev

Oʻzbekistonlik sport gimnastikachisi

Habibullo Ximoyatullo oʻgʻli Ergashev (6-may, 1999-yil; Fargʻona, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik gimnastika sportchisi[1]. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Bir necha marta Oʻzbekiston chempioni.

Habibullo Ergashev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 6-may 1999-yil (1999-05-06) (25 yosh)
Fargʻona, Oʻzbekiston
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport sport gimnastikasi

Faoliyati

tahrir

Habibullo Ergashevning sport yoʻlidagi ustozlari – Mirzayev Ravshanbek va Abdusamatov Xusniddin[2]. 2012-yildan boshlab milliy terma jamoada oʻz debyutini amalga oshirgan Habibullo sport bilan shugʻullanishni 2004-yilda boshlagan. 2022-yili Konyada oʻtkazilgan Islom birdamligi oʻyinlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha 2-oʻrin, 2024-yilda Toshkentda oʻtkaziladigan Osiyo chempionatida jamoaviy sport turlari boʻyicha 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan[1][3]. Hozirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olmoqda.

Habibullo Ergashev Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) tomonidan 2023-yilgi Jahon chempionati yakuniga koʻra eʼlon qilingan reyting orqali Parij-2024 Yozgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[3][4].

Oilasi

tahrir

Otasi – Qoʻldashev Ximoyatullo Ergashevich.

Onasi – Moʻminova Dildoraxon Nishonovna.

Akasi – Ergashev Raxmatullo Ximoyatullo oʻgʻli.

Akasi – Ergashev Iskandar Ximoyatullo oʻgʻli.

Xotini – Zulfiya, farzandlari: Otabek va Malika[manba kerak].

Manbalar

tahrir