Habibullo Joʻrayev
Habibullo Joʻrayev — (1961, Fargʻona viloyati) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1993), doktori (2008). Habibullo Jo’rayev 1961-yil 13-martda Fargʻona viloyatidagi Beshariq tumanida tug’ilgan.
Faoliyati
tahrirFargʻona davlat pedagogika instituti (hozirda Fargʻona davlat universiteti)ning oʻzbek filologiyasini tamomlagan (1984). Navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. „Pedagog“ (hozirgi „Fargʻona taʼlim xabarlari“) gazetasining mas’ul kotibi va muharriri (1986-1989). Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasida oʻqituvchi (1989). Fargʻona davlat universiteti Tahririyat va nashriyot markazi boshligʻi (2002-yildan). Bir qator ilmiy monografiya va ilmiy-ommabop risolalar muallifi. Oilm hozirda "Navoiyshunoslik" fanidan yoshlarga saboq berib kelmoqda.
Mukofotlari
tahrir„Eng yaxshi voiz“ Respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi (2001). Oʻrta asrlar Sharq adabiyoti namoyondalari ilmiy-adabiy merosini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha amalga oshirgan ishlari uchun Xalqaro „Antik dunyo“ akademiyasining professori unvoniga sazovor boʻlgan (2008)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 456-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |