Habibullo Matyoqubov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Habibullo Matyoqubov (1926.18.9, Urganch tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1957). 1957-yildan Yangibozor tumanidagi maktablarda tarix oʻqituvchisi, direktor. 1969-yildan Yangibozor tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi maktabda, 1994-yildan 10litsey-internatda direktor. Oʻz ish faoliyati davomida tarix fani darsini koʻrgazmali qurollar va texnik vositalar asosida oʻtkazishning turli mezonlarini ishlab chiqdi. 1983-yil viloyatda birinchi boʻlib 10 nuqtada yopiqtelestudiyani ishga tushirdi. Maktabda oʻquvchilar bilimini reyting usulida baholashni joriy qildi, oʻqituvchilarning ish faoliyatini baholashning diagnostik taxlilini ishlab chikdi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |