Vijdon amri – 2004-yilda Terry Benedict tomonidan suratga olingan „The Conscientious Objector“ hujjatli filmi asosida 2016-yilda yaratilgan biografik, urush haqidagi film. Uning ssenariysi Andrew Knight va Robert Schenkkan tomonidan yozilgan. Filmga Mel Gibson rejissyorlik qilgan.

Vijdon amri

Teatr nashri uchun poster
Rejissyor(lar) Mel Gibson
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
The Conscientious Objector
Terry Benedict
Rollarda
Bastakor(lar) Rupert Gregson-Williams
Kinematografiya Simon Duggan
Muharrir(lar) John Gilbert
Studiya(lar)
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 139 daqiqa[2]
Mamlakatlar
  • AQSh
  • Avstraliya
Til inglizcha
Byudjeti $40 million[3][4]
Daromadi $180.5 million[5]

Film yettinchi kun adventisti, nasroniy bo'lganligi sababli oʻqotar qurollarni olib yurish yoki ishlatishdan bosh tortgan amerikalik pasifist, jangovar shifokor Desmond Dossning Ikkinchi Jahon urushi davrida boshdan oʻtkazgan voqealari haqida hikoya qiladi. Doss Okinava jangi paytida vijdon tuygʻusini afzal bilib, frontda va front ortida koʻrsatgan xizmatlari uchun „Shon-sharaf“ medali bilan taqdirlangan, shuningdek, harbiy xizmatdan vijdonan voz kechgan birinchi harbiy boʻlgan. Doss rolini Andrew Garfild, ikkinchi darajali rollarni esa Sam Worthington, Luke Bracey, Teresa Palmer, Hugo Weaving, Rachel Griffiths, Vince Vaughn va Richard Pyros ijro etgan.

Suratga olish ishlari 2015-yil sentyabrdan dekabrgacha Avstraliyada boʻlib oʻtgan. „Vijdon amri“ 2016-yilning 4-noyabrida Qoʻshma Shtatlarda namoyish etilgan, butun dunyo boʻylab 180,5 million dollar daromad koʻrib, tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlgan. Gibsonning yoʻnalishi va Garfildning ijrosi alohida eʼtirof etilgan. „Vijdon amri“ Amerika kino instituti tomonidan 2016-yilning eng yaxshi oʻnta filmidan biri sifatida tanlangan hamda koʻplab mukofotlar va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan[6][7]. Film 89-Oscar taqdirlash marosimida oltita, jumladan, „Eng yaxshi film“, „Eng yaxshi rejissyor“, Garfild uchun „Eng yaxshi aktyor“, „Eng yaxshi ovoz montaji“, „Eng yaxshi ovoz ustasi“ va „Eng yaxshi film montaji“ nominatsiyalarida mukofotlarni qoʻlga kiritgan[8][9]. Film, shuningdek, „Oltin globus“ mukofotining „Eng yaxshi kinofilm“, „Eng yaxshi rejissyor“ va „Eng yaxshi erkak roli“[10] nominatsiyalari boʻyicha hamda Avstraliya akademiyasi mukofotining 12 ta, jumladan, „Eng yaxshi film“, „Eng yaxshi rejjisyor“, „Eng yaxshi original ssenariy“, „Eng yaxshi aktyor“, „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyalarida gʻolib deb topilgan.

Film syujeti

tahrir

1929-yilda Dossning oilasi Virjiniyada istiqomat qilar edi. Yosh Desmond Doss hovlida akasi bilan urushayotgan paytida, akasining boshiga gʻisht bilan urib, uni qattiq jarohatlaydi. Bu voqea va yettinchi kun adventistlari tarbiyasi Desmondning „Oʻldirmang“ amriga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydi. Yillar oʻtib, u yarador odamni kasalxonaga olib boradi va Dorothy Schutte ismli hamshira bilan uchrashib qoladi. Ular bir-birlarini sevib qolishadi, Desmond unga tibbiyot ishiga qiziqishi haqida aytib beradi.

Yaponiyaning Pyorl Harborga hujumidan keyin Qoʻshma Shtatlar Ikkinchi Jahon urushiga kirib kelganidan soʻng, Desmond Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasida jangovar shifokor sifatida xizmat qilish uchun ketishga qaror qiladi. Uning otasi Tom, PTSD bilan kasallangan Jahon urushi faxriysi, bu qarordan qattiq xafa boʻladi. Ketishdan biroz oldin Desmond va Dorothy unashtiriladi.

Desmond serjant Howell qoʻmondonligi ostida 77-piyoda diviziyasida asosiy mashgʻulotlarga joylashtiriladi. Desmond jismonan kuchli edi, lekin shanba kuni miltiqdan otish bilan shugʻullanishdan bosh tortgani uchun oʻz safdoshlari orasida tahqirlanadi.

Howell va kapitan Glover psixiatrik sabablarga koʻra Desmondni harbiy xizmatdan ozod qilishga harakat qilishadi, ammo Desmondning diniy eʼtiqodlari ruhiy kasallik emasligi sababli bu qaror bekor qilinadi.

Keyinchalik ular Desmondni quvib chiqarish niyatida mashaqqatli mehnatga duchor qilib, uni azoblaydilar. Bir kechada safdoshlari tomonidan kaltaklanganiga qaramay, Desmond uni kim kaltaklaganini aytishdan bosh tortadi.

Desmondning boʻlinmasi asosiy mashgʻulotlarni yakunlaydi va taʼtilga qoʻyib yuboriladi, bu vaqt davomida Desmond Dorothy bilan turmush qurish arafasida edi. Doss oʻqotar qurol olib yurishdan bosh tortishi va itoatsizligi uchun hibsga olinadi. Kapitan Glover va Dorothy qamoqxonaga tashrif buyurishadi va uni qoʻyib yuborishlari uchun aybiga iqror boʻlishga koʻndirishga harakat qilishadi, lekin u oʻz eʼtiqodlarini buzishdan bosh tortadi.

Harbiy sudda Desmond oʻz aybini tan olmaydi, lekin hukm chiqarilishidan oldin otasi, sobiq qoʻmondon, hozirda brigada generali oʻgʻlining pasifizmi AQSh Konstitutsiyasi tomonidan himoyalanganligi haqida xat bilan tribunaga kiradi. Desmondga qarshi ayblovlar olib tashlanadi va u Dorothy bilan oila quradi.

Desmond xizmat qiluvchi boʻlim Tinch okeani harbiy flotiga joylashtiriladi. Okinava jangi paytida ularga Maeda togʻiga koʻtarilish va xavfsizlikni taʼminlash vazifasi yuklatilgandi.

Ertasi kuni tongda yaponlar shiddatli qarshi hujumga oʻtishadi va amerikaliklarni choʻqqilardan haydab chiqarishadi. Smitty oʻsha yerda halok boʻladi, Howell va Desmondning bir necha jamoadoshlari jang maydonida jiddiy jarohat oladilar.

Desmond oʻlayotgan askarlarning qichqirigʻini eshitardi, shu sababli ularni qutqarish uchun qaytib keladi, yaradorlarni va Smittyning jasadini jar yoqasiga olib kelib, arqon bilan pastga tushiradi va har safar yana bir kishini qutqarish uchun ibodat qiladi. Oʻlgan deb taxmin qilingan oʻnlab yaradorlarning olib kelinishi quyida joylashgan boʻlinmaning qolgan qismi uchun katta zarba boʻldi. Tong otgach, Desmond Howellni qutqaradi va ikkalasi ham Hacksawdan qochib ketishadi.

Qoʻshimcha kuchlar bilan ular jangning toʻlqinini oʻzgartirdilar. Taslim boʻlgandek tuyilgan yapon askarlari tomonidan oʻrnatilgan pistirmada Desmond dushman granatalarini uloqtirish orqali Glover va boshqalarni qutqarishga muvaffaq boʻladi.

Film Desmond Hacksaw togʻ tizmasida 75 nafar askarni qutqargani uchun prezident Harry S. Truman tomonidan „Shon-sharaf“ medali bilan taqdirlangani, shuningdek, Desmondning oʻlimidan oldin oʻz boshidan kechirganlarini hikoya qiluvchi real hayotdan olingan voqealar asosida suratga olingan.

Rollarda

tahrir

Yaratilishi

tahrir

Koʻp prodyuserlar, jumladan, urush qahramonlari Audie Murphy va Hal B. Wallislar yillar davomida Dossning hikoyasini suratga olishga harakat qilgan[11].

2004-yilda rejissyor Terry Benedict Doss haqidagi hujjatli filmni suratga olish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq Doss 2006-yilda vafot etdi, shundan soʻng prodyuser Bill Mechanic huquqlarni sotib oldi. Keyin filmni prodyuser David Permut rahbariligidagi Walden Media kompaniyasiga sotdi[12]. Walden Media jangning PG-13 versiyasini talab qildi. Shundan soʻng, Mechanic huquqlarni yana qaytarib olish uchun yillar davomida harakat qildi[11][13].

2015-yilning 9-fevralida IM Global filmni moliyalashtirish boʻyicha bitim tuzdi, shuningdek, film xalqaro bozorlarda sotildi[14]. Shu kuni Lionsgate filmni Shimoliy Amerikada namoyish etish huquqini qoʻlga kiritdi[15]. Filmning Xitoyda namoyish etish huquqlarini Shanxayda joylashgan kino suratga olish kompaniyasi Bliss Media sotib oldi[16].

„Vijdon amri“ 2006-yilda suratga olingan „Apocalypto“ filmidan keyin Gibson tomonidan suratga olingan birinchi film boʻldi[17][18]. Ushbu film uning oldingi „Apocalypto“ va „Sheryurak“ filmlaridan ajralib turadi[19].

Musiqasi

tahrir

Dastlab James Hornerga filmga musiqa yozish uchun murojaat qilishgan, ammo 2015-yilda Horner vafot etgandan keyin uning oʻrniga John Debney filmning musiqasi ustida ishlashni boshlagan[20]. „Vijdon amri“ning Venetsiya kinofestivalida premyerasi boʻlishidan avval uning versiyasi rad etilgani sababli Debney oʻz oʻrnini Rupert Gregson-Williamsga boʻshatib bergan[21]. Musiqani yaratishda Gregson-Williams shunday deydi: „Saundtrek haqiqatan ham ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismida Desmond oʻz hayotida sevgisini ham, eʼtiqodini ham kashf etib, haqiqiy romantikani aks ettiradi. Filmning ikkinchi yarmi esa shafqatsizlikdan iborat. Biz uning maʼnaviyatini aks ettirmoqchi edik“[22]. Filmning yana bir musiqasi Londondagi Abbey Road studiyasida 70 nafar musiqachidan iborat orkestr va Cliff Masterson dirijyorligida 36 ovozli xor bilan yozilgan[23].

Tarixiy aniqlik

tahrir
 
Maeda escarpment tepasida Doss, 4-may, 1945-yil

Film ijodkorlari tomonidan baʼzi tafsilotlar, xususan, uning otasi Birinchi jahon urushi qatnashchisi boʻlganligi, Dossning mast otasining qoʻlidan tortib olgan quroli bilan bogʻliq voqea va uning birinchi turmushidagi vaziyatlar oʻzgartirilgan[24][25].

Yana bir oʻzgarish – Armiyada xizmat qilgan Harold Doss boʻlib, aslida u USS bortida dengiz flotida xizmat qilgan Lindsi (DD-771) edi. Boshqa oʻzgarishlar filmning oxirida, Doss zambilga qoʻyilganda sodir boʻladi. Haqiqiy hayotda Doss zambilda oʻz oʻrnini yana bir yaradorga boʻshatib bergan. Askarni davolagandan soʻng, snayper oʻqi Dossning qoʻlini sindirgan, Doss shu holatda 300 yard (270 m) yoʻl bosadi, va nihoyat, besh soat yolgʻiz yurib xavfsiz joyga yetib keladi[26][27]. Gibson bu qismni filmdan chiqarib tashladi, chunki tomoshabinlar uchun ushbu sahna ishonarli koʻrinmasligini his qildi[28]. Shuningdek, filmda uning Guam va Leyte jangidagi jangovar xizmati ham koʻrsatilmagan. Doss ikkala jangda koʻrsatgan ajoyib jasorati uchun Bronza yulduz medali bilan taqdirlangan[26].

Namoyish etilishi

tahrir

„Vijdon amri“ning jahon premyerasi 2016-yil 4-sentyabrda 73-Venetsiya kinofestivalida boʻlib oʻtdi va u yerda 10 daqiqalik uzoq olqishlarga sazovor boʻldi[29][30]. Film Avstraliyada 2016-yil 3-noyabrda Icon Film Distribution tomonidan, AQShda esa 2016-yil 4-noyabrda Lionsgate / Summit Entertainment tomonidan namoyish etilgan[31][32]. „Vijdon amri“ dekabr oyida Xitoyda Bliss Media tomonidan[33][34] va Buyuk Britaniyada 2017-yilda[35] IM Global tomonidan xalqaro bozorlarda sotuvga qoʻyilgan[18].

Marketing

tahrir

2016-yil 28-iyulda Lionsgate „Vijdon amri“ uchun millionlab tomoshabinlarni eʼtiborini tortgan yagona rasmiy treylerni namoyish etgan[36]. Nogiron amerikalik faxriylar bilan hamkorlikda Gibson 2016-yil avgust oyida DAV milliy konvensiyasida va VFW milliy konvensiyasida filmni namoyish etgan[37]. Avgust oyida Gibson filmni targʻib qilish uchun Kaliforniyaning Anaheim shahridagi Pastor Greg Lorining SoCal Harvest koʻrgazmasida ham ishtirok etgan[38].

Teatr kassalarida

tahrir

Film „Doktor Strange“ va „Trollar“ filmlari bilan birga namoyish etilgan va 2886 ta kinoteatrlardan 12 million dollarga yaqin daromad olishi taxmin qilingan edi[39][40]. Birinchi kunida 5,2 million dollar, dam olish kunlarida 15,2 million dollar daromad koʻrdi, hamda „Doctor Strange“ va „Trolls“ filmlaridan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Uning debyuti Gibsonning 2006-yildagi soʻnggi rejissyorlik faoliyati „Apocalypto“ filmining 15 million dollarlik debyuti bilan teng edi[41]. Ikkinchi dam olish kunlarida film 10,6 million dollar (atigi 30 foizga pasayish) yigʻib, kassada 5-oʻrinni egalladi[42].

Film Xitoyda ham muvaffaqiyatli namoyish etilib, birinchi toʻrt kun ichida 16 million dollardan koʻproq daromad keltirdi[43] va jami 60 million dollardan ortiq mablagʻ yigʻdi[44].

Tanqidiy qabul

tahrir

Rotten Tomatoes boʻyicha film 282 ta sharh asosida 84 % ijobiy reytingiga ega boʻlib, oʻrtacha reyting koʻrsatkichini 7,30/10 boʻldi. Saytning tanqidiy konsensusida shunday deyilgan: „Vijdon amri urush davrida iymon, jasorat va oʻz eʼtiqodlariga sodiq qolish va unga hurmat koʻrsatish uchun zamin yaratadi“[45]. Metacriticda film reytingi 47 tanqidchi tomonidan 100 balldan 71 ballga baholandi, bular asosan, ijobiy sharhlardan iborat edi[46]. CinemaScore tomoshabinlari A+ dan F gacha boʻlgan baholash tartibi boʻyicha oʻrtacha „A+“ bahosini berishgan[47].

 
Andrew Garfildning ijrosi tanqidiy olqishlarga sazovor boʻldi va oʻzining birinchi Oscar mukofoti nominatsiyasi, uchinchi BAFTA nominatsiyasi, shuningdek, ikkinchi Oltin globus va SAG nominatsiyalariga sazovor boʻldi.

Mukofotlari

tahrir

Vijdon amri „Eng yaxshi film montaji“ va „Eng yaxshi ovoz ustasi“ yoʻnalishlarida gʻolib chiqqan. Oscar mukofotlarida „Eng yaxshi film“, „Eng yaxshi rejissyor“, Garfild uchun „Eng yaxshi aktyor“ va „Eng yaxshi ovoz montaji“, „Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy“, „Eng yaxshi ovoz“ va „Eng yaxshi pardoz va soch turmagi“ nominatsiyalariga ham nomzod boʻlgan[48][49][50].

Manbalar

tahrir
  1. „Lions Gate Entertainment 2016 Q3 10-Q“. sec.gov. 2017-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-mart.
  2. Hacksaw Ridge (15)“. British Board of Film Classification (2016-yil 5-dekabr). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  3. Barnes, Brooks „'Hacksaw Ridge,' a Gory War Movie for Both Hawks and Doves“. The New York Times (2016-yil 26-oktyabr). 2016-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.
  4. D'Alessandro, Anthony „'Doctor Strange' To Give Booster Shot To Sleepy Fall Box Office“. Deadline Hollywood (2016-yil 1-noyabr). 2016-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Hacksaw Ridge (2016)“. Box Office Mojo. 2017-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
  6. „National Board of Review 2016 Winners“. The Hollywood Reporter (2016-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  7. Hipes. „AFI Awards: Best Of 2016 List Includes 'Silence', 'Hacksaw Ridge' & More“. Deadline Hollywood (2016-yil 8-dekabr). 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-dekabr.
  8. McCarthy. „'Hacksaw Ridge' wins 2 Oscar awards, honoring local Desmond Doss“. WSMV.com (2017-yil 27-fevral). 2017-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.
  9. „THE 89TH ACADEMY AWARDS“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (2017-yil 26-fevral). 2017-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  10. „Golden Globes 2017: The Complete List of Nominations“. The Hollywood Reporter (2016-yil 12-dekabr). 2016-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-dekabr.
  11. 11,0 11,1 Steinberg. „'Hacksaw Ridge': An American War Hero Who Refused to Fight“. The Wall Street Journal (2016-yil 8-sentyabr). 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
  12. Jaafar, Ali. „Mel Gibson In Talks To Direct 'Hacksaw Ridge' With Andrew Garfield Starring In War Hero Pic“. Deadline Hollywood (2014-yil 20-noyabr). 2014-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-noyabr.
  13. McNary. „AFM: How Mel Gibson's 'Hacksaw Ridge' Finally Came Together“. Variety (2015-yil 4-noyabr). 2017-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
  14. Hopewell, John. „Berlin: IM Global Sells Much of the World on 'Hacksaw Ridge'“. Variety (2015-yil 9-fevral). 2015-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  15. McClintock, Pamela. „Berlin: Lionsgate in Final Talks for Mel Gibson's 'Hacksaw Ridge' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2015-yil 9-fevral). 2015-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  16. Brzeski. „China's Bliss Media Takes Stake in Wild Bunch's Insiders“. The Hollywood Reporter (2016-yil 11-fevral). 2016-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-mart.
  17. Bulbeck, Pip (July 30, 2015). „Mel Gibson Ready to Honor Desmond T. Doss with 'Hacksaw Ridge'. The Hollywood Reporter. May 7, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 11, 2016.
  18. 18,0 18,1 Pip Bulbeck. „Mel Gibson's 'Hacksaw Ridge' Begins Filming“. The Hollywood Reporter (2015-yil 29-sentyabr). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  19. Fleming. „Mel Gibson On His Venice Festival Comeback Picture 'Hacksaw Ridge' – Q&A“. Deadline Hollywood (2016-yil 6-sentyabr). 2016-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  20. Bernhard H. Heidkamp. „Soundtrack Review: Rupert Gregson-Williams – Hacksaw Ridge (2016)“. BehindTheAudio.com (2016-yil 4-noyabr). 2017-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-noyabr.
  21. Jonathan Broxton. „HACKSAW RIDGE – Rupert Gregson-Williams“. Movie Music UK (2016-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-noyabr.
  22. „Five Questions w/Rupert Gregson Williams (HACKSAW RIDGE)“. Varèse Sarabande (2016-yil noyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-noyabr.
  23. Melinda Newman (October 26, 2016). 'Hacksaw Ridge' Composer Rupert Gregson-Williams on Working With Mel Gibson; Hear Score“. Billboard. October 27, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: October 27, 2016.
  24. Miller. „The True Story of Hacksaw Ridge and Desmond Doss: the Medal of Honor Winner Who Never Fired a Shot“. People (2016-yil 5-noyabr). 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-avgust.
  25. „Hacksaw Ridge vs the True Story of Desmond Doss, Medal of Honor“. historyvshollywood.com. 2017-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
  26. 26,0 26,1 Richard Goldstein. „Desmond T. Doss, 87, Heroic War Objector, Dies“. The New York Times (2006-yil 25-mart). 2016-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-iyun.
  27. Mike Fleming Jr. „Mel Gibson, Andrew Garfield And Bill Mechanic On The 15-Year Ordeal To Scale 'Hacksaw Ridge'“. Deadline Hollywood (2017-yil 15-fevral). Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  28. James Bowman. „What Makes Mel Gibson's 'Hacksaw Ridge' an Excellent War Movie“. The American Spectator (2016-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  29. Tartaglione. „Venice Film Festival: Lido To Launch Pics From Ford, Gibson, Malick & More As Awards Season Starts To Buzz – Full List“. Deadline Hollywood (2016-yil 28-iyul). 2016-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr.
  30. Nancy Tartaglione. „Mel Gibson's 'Hacksaw Ridge' Rivets With 10-Minute Ovation At World Premiere – Venice“. Deadline Hollywood (2016-yil 5-sentyabr). 2016-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  31. Cogono. „Mel Gibson's war movie Hacksaw Ridge filmed in Bringelly to open in cinemas in November“. Daily Telegraph (2016-yil 3-avgust). 2016-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr.
  32. D'Alessandro, Anthony. „Mel Gibson WWII Movie 'Hacksaw Ridge' Jumps Into November Awards Season; 'The Shack' To Open In March 2017“ (en-US). Deadline Hollywood (2016-yil 5-may). 2016-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-may.
  33. Patrick Brzeski. „China's Bliss Media Launches 4650 Million Film and TV Fund“. The Hollywood Reporter (2016-yil 16-may). 2016-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  34. Patrick Frater. „China's Bliss Media Launches 4750 Million Fund“. Variety (2016-yil 16-may). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  35. Phil De Semlyen. „Exclusive: Mel Gibson talks Hacksaw Ridge“. Empire (2016-yil 22-sentyabr). 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  36. „Hacksaw Ridge (2016) Official Trailer – "Believe" - Andrew Garfield“. Lionsgate (2016-yil 28-iyul). 2024-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  37. Hunter. „Hacksaw Ridge partners with DAV“. DAV (2016-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  38. Jardine Malado. „Mel Gibson's new Christian film 'Hacksaw Ridge' receives 10-minute standing ovation; Movie hits U.S. theaters November 2016“. The Christian Times (2016-yil 6-oktyabr). 2016-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-oktyabr.
  39. Ryan Faughnder. „'Doctor Strange' is expected to draw a massive audience for Disney's Marvel Studios“. Los Angeles Times (2016-yil 1-noyabr). 2016-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
  40. Anthony D'Alessandro. „'Doctor Strange' To Give Booster Shot To Sleepy Fall Box Office“. Deadline Hollywood (2016-yil 1-noyabr). 2016-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
  41. D'Alessandro. „'Doctor Strange' Resuscitates Fall Box Office With $81M To $83M+ Opening – Saturday AM Update“. Deadline Hollywood (2016-yil 5-noyabr). 2016-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-noyabr.
  42. D'Alessandro. „Veterans Day Weekend Skyrockets At The B.O.: 'Doctor Strange' Pushes Disney To Record $2.3B; 'Arrival' Soars To $24M – Sunday AM Update“. Deadline Hollywood (2016-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
  43. „'Doctor Strange' to Repeat at #1 as 'Arrival', 'Almost Christmas' & 'Shut In' Hit Theaters“. Box Office Mojo. 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  44. „Hacksaw Ridge foreign gross“. Box Office Mojo (2016). Qaraldi: 2018-yil 8-aprel.
  45. „Hacksaw Ridge (2016)“. Rotten Tomatoes. Fandango. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  46. „Hacksaw Ridge Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-noyabr.
  47. CinemaScore. Hacksaw Ridge (2016-yil 4-noyabr). 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-aprel.
  48. Ritman. „BAFTA Awards: 'La La Land' Leads Nominations“. The Hollywood Reporter (2017-yil 9-yanvar). 2017-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-yanvar.
  49. Nordyke, Kimberly; Lewis, Hilary. „Oscars: 'La La Land' Ties Record With 14 Nominations“. The Hollywood Reporter (2017-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  50. „La La Land Leads with 12 Nominations for the 22nd Annual Critics' Choice Awards“. Critics' Choice (2016-yil 1-dekabr). 2016-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.

Havolalar

tahrir