Hafiza Ibrohimova
Hafiza Ibrohimova (1927-yil Fargʻona — 1967-yil) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). 15 yoshida Fargʻonadagi „Kooperativ“ artelida ishlab, shu yerdagi havaskorlar toʻgaragiga qatnashgan. 1946-yildan Fargʻona viloyati musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Obida ("Muqimiy"), Sanam ("Aziz va Sanam"), Zulxumor ("Ravshan va Zulxumor"), Qumri ("Qumrining murodi"), Gulsara ("Gulsara"), Zuhra ("Tohir va Zuxra") va boshqalar. Qahramonning lirik, psixologik kechinmalarini ochib berishda hayotiy va ishonarli talqin, mahorat va tabiiylik Ibrohimova ijodiga xos[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |