Qora tosh (arab. hajar al-asvad) — musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. Kumush chambar bilan birlashtirilgan bir necha boʻlakdan iborat. U Kaʼba devorlaridan biriga tashqaridan joylashtirilgan. Makkaga haj ziyoratiga borgan musulmonlar uni tabarruk hisoblab oʻpadilar yoki qoʻl tekkizib ziyorat qiladilar. Qora tosh Allohning amri bilan jannatdan keltirilgan degan rivoyat bor. Ushbu toshda hech bir ilohiy xususiyat yo'q bo'lib, haj ziyoratiga borgan musulmon uni o'pa olmasa yoki ushlay olmasa qilgan ibodatiga kamchilik yetmaydi. Hazrati Umar ibn Xattob rodiyallohu anhu bu amalga qarata, Rosululloh alayhissalom qilganliklari uchun qilayotganini, sunnat amal ekanini aytadi. Bu amal sunnat amal bo'lib, uni biror sababdan bajara olmagan kishi malomat qilinmaydi.

Yana qarang

tahrir


Manbalar

tahrir