Hakam II
kordobaning 2-xalifasi
Hakam II, al-Mustansir billoh (? — 976) — umaviylaryaan boʻlgan Qurtuba xalifa,tgi xalifasi (961 yildan). Otasi Abdurahmon III ning siyosatini davom ettirib Ispaniyaning xristian qirolliklari — Leon va Navarra bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan; 966 yil ularni xalifalik uchun manfaatli boʻlgan sulh shartnomasi tuzishga majbur qilgan. Shu yili H. II qoʻshini normannlar hujumini daf qilgan. H. II musulmon Ispaniyasi madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi, bu yoʻldagi saʼy-harakati bilan shuhrat qozongan. Uning hukmronligi davrida QurTuba Gʻarbiy Yevropaning eng yirik madaniy markaziga aylangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |