Hakan Balta
Hakan Kadir Balta (talaffuzi: Hoqon Bolta) (1983-yil 23-martda tugʻilgan) — isteʼfodagi turkiyalik professional futbolchi, Superligada „Galatasaroy“ klubida himoyachi sifatida oʻynagan. 2018/2019-yilgi mavsum boshida u klub bilan 10 yildan koʻproq vaqt oʻtkazganidan soʻng shartnomasini bekor qilgan.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hakan Kadir Balta | ||
Tavallud sanasi | 23-mart 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Berlin, Gʻarbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2003 | Hertha BSC II | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2007 | Manisaspor | 116 | (23) |
2007—2018 | Galatasaray | 253 | (11) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2006—2016 | Turkiya | 50 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
2020—2022 | Galatasaray (Murabbiy yordamchisi) | ||
2022- | Galatasaray U19 | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-may 2017-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (19-oktyabr 2015-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirGalatasaroy
tahrirU 2007-yil sentyabrida Galatasaroy bilan shartnoma imzolashdan oldin „Herta Berlin II“ va „Manisaspor“ klublarida oʻynagan..Mavsumning soʻnggi oʻyinida u „Galatasaroy“ uchun chempionlikni taʼminlagan golni urgan va „Galatasaroy“ bilan 2007/2008 Superligada gʻolib chiqgan.
2010/2011-yilgi mavsum
tahrir2010-yil avgust oyida FC Karpaty Lvivga qarshi 2010/2011-yilgi UEFA Yevropa Ligasi pley-off oʻyinida yoʻl qoʻygan soʻnggi daqiqada xatosi uchun Galatasaroy musobaqadan chiqib ketgan.
2011/2012-yilgi mavsum
tahrir2011/2012-yilgi Superliga Galatasaroy uchun tiklanish yili boʻlgan. Yangi saylangan prezident Unal Aysal boshchiligidagi yangi boshqaruv kengashi bilan klub Fotih Terimni bosh murabbiy etib tayinlagan. Hakan Balta Terim boshqaruvida va yangi jamoa aʼzolari bilan bir qatorda oʻz faoliyatini yaxshilagan. U mavsum davomida muntazam boshlangʻich tarkib oʻyinchisi boʻlgan. „Galatasaroy“ azaliy raqibi „Fenerbaxche“ga qarshi kechgan derbida 2:1 hisobida ortda borayotgan edi, Balta jarima maydoni ichida chap oyoq zarbasi bilan hisobni tenglashtirgan. Bu natija „Galatasaroy“ning ligada peshqadamligini saqlab qolishga yordam bergan. Oʻsha mavsum „Galatasaroy“ chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2012/2013-yilgi mavsum
tahrirAyxan Akman jamoani tark etgach, Hakan jamoa sardorlaridan biriga aylangan va 12-avgust kuni Superliga 2012/2013-yilgi mavsum oʻyinida Galatasaroy Superkubokda raqibi Fenerbaxchega qarshi 3-2 hisobida gʻalaba qozonganda, jamoani sardor sifatida maydonga olib tushgan.
U oʻzining 2012/2013-yilgi Superligadagi yangi mavsumdagi ilk golini 2012-yil 19-oktyabrda „Gençlerbirligi“ga qarshi oʻyinda kiritgan, bu gol ular 3:2 hisobida ortda qolayotganida, final hushtagi chalinish arafasida yakuniy hisobni 3:3ga keltirgan.
Xalqaro faoliyati
tahrir2006-yilning aprel oyida Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) milliy terma jamoa safida debyut qilgan, Yevro-2008 saralash bosqichidagi soʻngi oʻyinga qadar Hakan maydonga tushurilmagan. U Yevro-2008 saralashida Norvegiya va Bosniya-Gersegovinaga qarshi oʻyinga chaqirilgan. U har ikkala gʻalabaning 90 daqiqasini toʻliq maydonda oʻtkazgan va bu Fotih Terim shogirdlarining Avstriya va Shveysariyadagi musobaqada ishtirokini taʼminlagan. U Turkiyaning Yevro-2008dagi barcha oʻyinlarida doimiy asosiy tarkibda maydonga tushgan. Turkiya soʻnggi daqiqalarda ketma-ket gʻalaba qozonib, yarim finalga chiqgan. U Guus Xiddink boshqaruvida ham asosiy jamoa aʼzosi boʻlishni davom ettirgan. U UEFA Yevro-2012 saralash oʻyinida Germaniyaga qarshi oʻyinda Turkiyaning yagona golini kiritgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrir2022-yil 8-fevraldan boshlab Futbol A jamoasida maʼmuriy direktor yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan Balta, Galatasaroyning 19 yoshgacha boʻlganlar futbol jamoasining texnik direktori vazifasini ham bajaradi[1].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Manisaspor | 2003—2004 | 26 | 5 | 3 | 0 | — | — | 29 | 5 | ||
2004—2005 | 27 | 5 | 0 | 0 | — | — | 27 | 5 | |||
2005—2006 | 31 | 3 | 1 | 0 | — | — | 32 | 3 | |||
2006—2007 | 28 | 4 | 7 | 2 | — | — | 35 | 6 | |||
2007—2008 | 4 | 2 | 0 | 0 | — | — | 4 | 2 | |||
Jami | 116 | 19 | 11 | 2 | — | — | 127 | 21 | |||
Galatasaray | 2007—2008 | 27 | 3 | 4 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 33 | 3 |
2008—2009 | 28 | 1 | 6 | 0 | — | 8 | 0 | 42 | 1 | ||
2009—2010 | 25 | 1 | 3 | 0 | — | 8 | 1 | 36 | 2 | ||
2010—2011 | 20 | 1 | 4 | 0 | — | 4 | 0 | 28 | 1 | ||
2011—2012 | 37 | 1 | 1 | 0 | — | — | 38 | 1 | |||
2012—2013 | 14 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 17 | 1 | |
2013—2014 | 24 | 0 | 9 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 37 | 0 | |
2014—2015 | 21 | 1 | 7 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 31 | 2 | |
2015—2016 | 27 | 1 | 8 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 44 | 1 | |
2016—2017 | 22 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 | — | 23 | 1 | ||
Jami | 247 | 10 | 43 | 0 | 6 | 1 | 35 | 2 | 332 | 13 | |
Karyerada jami | 363 | 29 | 54 | 2 | 6 | 1 | 35 | 2 | 460 | 34 |
Xalqaro
tahrirTurkiya terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2006 | 1 | 0 |
2007 | 2 | 0 |
2008 | 14 | 1 |
2009 | 7 | 0 |
2010 | 3 | 0 |
2011 | 7 | 1 |
2012 | 0 | 0 |
2013 | 0 | 0 |
2014 | 3 | 0 |
2015 | 6 | 0 |
2016 | 7 | 0 |
Jami | 50 | 2 |
Xalqaro maydondagi gollar
tahrir# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 20.05.2008 | Bielefeld, Germaniya | Slovakiya | 1 — 0 | 1-0 | Oʻrtoqlik |
2. | 7.10.2011 | Istanbul, Turkiya | Germaniya | 1 — 2 | 1-3 | UEFA Yevro-2012 saralashi |
== Yutuqlar ==; Galatasaroy
- Superliga (5): 2007—2008, 2011—2012, 2012—2013, 2014—2015, 2017—2018
- Turkiya kubogi (3): 2013—2014, 2014—2015, 2015—2016
- Super Kubogi (5): 2008, 2012, 2013, 2015, 2016; Turkiya
Manbalar
tahrir- ↑ „Galatasaray U19 Takımında Hakan Balta dönemi...“ (turkcha). Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Regulations of theUEFA European Football Championship“. UEFA.com. Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Germany-Turkey | Line-ups | UEFA EURO“. UEFA.com. Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
- ↑ „UEFA EURO 2008™ squad lists announced“. UEFA.com (28-may 2008-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.