Halima Bashir
Tavalludi 1979
Fuqaroligi Sudan
Kasbi Doktor
Yozuvchi
Turmush oʻrtogʻi Sharif Bashir
Bolalari 2
Mukofotlari Anna Politkovskaya

Halima Bashir — sudanlik shifokor va Darfurdagi genotsid va urushda ayollarning boshidan kechirganlari haqida "Tears of the Desert" kitobining muallifi. U Sudanning qishloqlarida shifokor bo‘lib ishlagan, bundan oldin Janjavid guruhining yaqin atrofdagi maktabga hujumi haqida BMT rasmiylariga to‘g‘ri xabar berganidan keyin Milliy razvedka va xavfsizlik xizmati qo‘lida zo‘ravonlikka uchragan. Shundan keyin u Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtdi va Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana soʻradi.

Yoshlik

tahrir

Taxallusi Halima Bashir. Gʻarbiy Sudanning Darfur qishlogʻida oʻsgan[1]. U toʻrt farzandning eng kattasi boʻlgan. Maktabda yaxshi oʻqigan[1].

Uning shifokor boʻlish istagini otasi qoʻllab-quvvatlagan. Halima Darfurdagi genotsid va urush boshlanishidan oldin oʻz faoliyatini tugatgan. Klinikada ishlab yurganda, u Sudan hukumatining rasmiy pozitsiyasiga qarshi intervyu berdi. Bunga javoban u qishloq poliklinikasiga ishga joylashishidan oldin hukumat tomonidan hibsga olingan va tahdid qilingan. Hibs vaqtida gʻarb jurnalistlari bilan gaplashmaslik haqida ogohlantirgan[1].

Yangi klinikasida u Janjavid militsiyasi qurbonlarini, jumladan, ommaviy zoʻrlangan maktab oʻquvchilarini davoladi. Keyinchalik u shunday xotirlaydi: „Oʻqish yillarimning hech bir bosqichida menga qishloq poliklinikasida 8 yoshli guruhli zoʻrlash qurbonlari bilan qanday munosabatda boʻlishni oʻrgatishmagan“. Birlashgan Millatlar Tashkilotidan ikki rasmiy hujum haqida maʼlumot yigʻish uchun kelganida, Bashir ularga haqiqatni aytib beradi. Bunga javoban, u Milliy razvedka va xavfsizlik xizmati tomonidan olib ketilgan[1]. Bir necha kun davomida guruh boʻlib zoʻrlangan, pichoq bilan tan jarohati yetkazilgan va sigaretlar bilan bir necha marta badani kuydirilgan[2]. Halima qo‘yib yuborilib, qishlog‘iga qaytib kelgach, otasi uni avval bir martagina ko‘rgan amakivachchasi Sharifga uzatishini aytadi. Otasi Sharifni tanlagan, chunki uni qishloqning ilgʻor kishisi deb bilgan. Ko‘p o‘tmay qishloqqa hujum uyushtirildi, natijada uning otasi halok bo‘ldi, aka-ukalari esa g‘oyib bo‘ldi[1].

Chet elga sayohat va yozish

tahrir

Bashir Sudanni tark etib, boshpana soʻrash uchun Birlashgan Qirollikka yoʻl oldi[1]. Buyuk Britaniyada boʻlganida, u mamlakatning Sudanga qarshi choralar koʻrmaganiga norozilik bildirdi va Britaniya hukumati Afrika boʻyicha vaziri Lord Devid Trismanga shaxsan maktub yozdi[2]. Halima Demien Lyuis bilan hamkorlikda "Tears of the Desert" avtobiografiyasini yozgan.

Kitobida u ism va joylarni oʻzgartirgan. Biroq, The New York Times mustaqil tekshiruvi faktlarning hech qanday mubolagʻasiz yozilganini koʻrsatdi[1]. Shuningdek, gazeta Bashirga AQShga kirish uchun viza berilishini targ‘ib qilgan[3]. 2010-yilda u Janjavidning Darfurdagi maktab o‘quvchilariga qilgan zo‘ravonliklari haqida oshkor qilgani uchun Anna Politkovskaya mukofoti bilan taqdirlangan[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Kristof, Nicholas. „Tortured, but Not Silenced“. The New York Times (2008-yil 31-avgust). Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 Woolfe, Marie. „The rape of Darfur: a crime that is shaming the world“. The Independent (2006-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
  3. Yefimov, Natasha. „Helping Dr. Halima Bashir“. The New York Times (2008-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
  4. „Halima Bashir Wins 2010 Anna Politkovskaya Award“. Nobel Women's Initiative. 2012-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-aprel.