Halina Skibnevska (1921-yil 10-yanvar – 2011-yil 20-aprel) – polshalik meʼmor, Varshava texnologiya universitetida arxitektura boʻyicha dars bergan va 1965-yildan 1985-yilgacha Polsha seymida xizmat qilgan. Faoliyati davomida Seym marshali oʻrinbosari boʻlib ishlagan birinchi ayol boʻlib, bu lavozimni 1971-yildan 1985-yilgacha egallab turgan. Nogironlar uchun uy-joy loyihasini yaratgan birinchi arxitektor.

Halina Skibniewska
Tavalludi
Halina Erentz

10-yanvar 1921-yil
Vafoti 20-aprel 2011-yil(2011-04-20)
(90 yoshda)
Varshava, Polsha
Fuqaroligi Polsha
Kasbi Arxitektor, siyosatchi, o‘qituvchi
Faoliyat yillari 1946–2000
Turmush oʻrtogʻi Zygmunt Skibnewski

Yoshlik yillari

tahrir

Halina Erentz 1921-yil 10-yanvarda Varshavada (Polsha) Ewelina (née Kuczkowska) va Vactaw Erentz oilasida tugʻilgan[1]. Urush paytida Erentz qarshilik harakatida ishlagan va yahudiylarga yordam berish boʻyicha Jegota kengashining aʼzosi boʻlgan. Varshava Texnologiya Universitetiga oʻqishga kirgan. 1946-yildan 1948-yilgacha urushdan oldin mashhur boʻlgan modernist arxitektor Romuald Gutt uchun ishlagan. U Markaziy statistika boshqarmasi binosi loyihasi ustida ishlagan (polyakcha: Główny Urząd Statystyczny (GUS))[2][3]

Faoliyati

tahrir

Maktabni tugatgach, Erentz Varshava rekonstruksiya idorasida ishlay boshladi va Milliy teatrni rekonstruksiya qilish guruhiga boshliq qilib tayinlandi[3]. 1951-yilda Erentz meʼmor Zygmunt Skibniewskiga turmushga chiqdi[1]. Keyinchalik Zygmunt Polsha shaharsozlik jamiyati raisi boʻlib xizmat qiladi. Er-xotin kamdan-kam hollarda birga ishladilar, chunki Skibnevska oʻz eʼtiborini turar-joy arxitekturasiga qaratib, qulayliklarning yetishmasligi, tegishli sanitariya sharoitlari kabi shahar muammolarini hal qilishga harakat qildi[4]. 1960-yillarda Poznandagi Winogrady (1963-1964) va Volska IV (1965) loyihalarida ishlagan[5].

Skibnevskaning eng mashhur ishlanmalaridan biri Szwoleżerów mulkida boʻlib, u „Zoliborz bogʻlari“ (polyakcha: Sady Żoliborskie) nomi bilan mashhur uy-joy loyihasi boʻlgan. Uylarni qurishda eskirgan tarixiy inshootlarnimg bezaklari, gʻisht va yogʻochdan foydalanilgan[2]. Ilgari bogʻ boʻlgan markaziy hovli atrofida besh qavatli binolar qurilgan. Binolar orasidagi boʻshliqlar aholi uchun istirohat bogʻi sifatida yaratilgan va uning chekkasida bolalar bogʻchasi va maktab bor edi[4].

 
Varshavadagi ZETO binosi

1965-yilda Skibnewska Polshaning qonun chiqaruvchi organi boʻlgan Seymda ishlay boshladi. 1971-yilda birinchi ayol Marshal oʻrinbosari boʻldi. 1975-yildan 1985-yilgacha Arxitektura fakultetida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1975-1991-yillarda WAPW loyiha institutida uy-joy boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1975-yildan 1989-yilgacha oliy uy-joy maktabida xizmat qilgan. 1986-1990-yillarda shahar ekologiyasi boʻyicha hukumat loyihasini boshqargan. WAPWni tark etgach 1991-yildan 2000-yilgacha Varshava uy-joy laboratoriyasida ishlagan[2].

Skibnevska oʻzinining harakatlari uchun koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi. Masalan, 1962-yilda Vrotslav-Południe uy-joy loyihasi uchun dizayn tanlovlarida birinchi mukofot, 1972-yilda Sadyba maktabini loyihalash uchun „Varshava ustasi“ mukofotini olgan. Oʻsha yili Fransiya Faxriy Legionining Grand ofitser faxriy unvonini, 1978-yilda esa Polsha arxitektorlari uyushmasining SARP faxriy mukofotini oldi[5]. 2000-yilda Varshava Texnologiya Universitetining medaliga sazovor boʻldi[6].

Oʻlimi

tahrir

Skibnewska 2011-yil 20-aprelda Varshavada vafot etdi[7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Europa Publications Limited 1990.
  2. 2,0 2,1 2,2 Szymczak 2011.
  3. 3,0 3,1 Sural 2017.
  4. 4,0 4,1 Pepchinski & Simon 2016.
  5. 5,0 5,1 SARP 2011.
  6. Politechnika Warszawska 2014.
  7. Gazeta Wyborcza 2011.