Hamadoniy
Al-Hamadoniy (969–1007). O‘zining qisqa hayoti mobaynida Badiuzzamon Eronning ko‘plab viloyatlariga sayohat qilgan, O‘rta Osiyoda bo‘lgan. U hamma joyda o‘zining ko‘plab risolalarida o‘z zamonining murakkab «rang-barang» uslubini nihoyatda mukammal egallaganligini ko‘rsatgan uslubchi tilshunos sifatida shuhrat qozongan. Nishopurda u turli xil uslubiy hiylalar yordamida mushoirada mashhur tilshunos va adib Abu Bakr al-Xorazmiyni yenga olgani ma’lum. Lekin Badiuzzumonga shuhratni uning ilmiy asarlari emas, balki ko‘plab she’riy kiritmalari bo‘lgan balandparvoz qofiyali nasrda yozilgan qisqa hikoyalari – maqomalarni keltirgan.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |