Hamid Yoqubovich Karimov (1941.7.1, Toshkent) — patofiziolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998). Tibbiyot fanlari doktori (1979), professor (1980), Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1964). Patologik fiziologiya kafedrasi assistenta, dotsenti (1969—1981), professor (19811988), markaziy ilmiy tekshirish laboratoriya rahbari (1988—90), II Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (1990-yildan). Asosiy ilmiy ishlari toʻqima, hujayra, molekulyar bosqichlarda funksional-metabolik koʻrsatkichlar bilan bogʻliq muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan. Hamid Karimov rahbarligida Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi mikrotsirkulyasiya laboratoriyasi tashkil etildi, unda qon tomir devori fiziologiyasi va patologiyasi oʻrganiladi. "Patologiya" jurnalning bosh muharriri (1998-yildan). Polsha Tibbiyot akademiyasi akademik (2000). "Albert Shveyser" nomli Xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan (2000)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Patofiziologicheskiye aspekti monooksigennoy sistemi, T., 1994; Urologik oʻtkir xastalik va shikastlanishlarda tez yordam. T., 1994; Nekotorie patologicheskiye aspekti ostrogo pankreatita. T., 1996; Ekzogenniy fibroziruyushiy alveolit v usloviyax jarkogo klimata, T., 1999.