Hamid Vohidov
Hamid Fozilovich Vohidov (1925.10.12, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani — ????) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), falsafa fanlari doktori (1971), professor (1973), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti falsafa va estetika kafedrasi mudiri (1961—1979), Toshkent Davlat Universiteti falsafa kafedrasi mudiri (1979). Markaziy muzey Toshkent filialining direktori (1979—88). 1988-yildan Toshkent davlat sanʼat institutining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori va falsafa kafedrasining professor Ilmiy ishlari Urta Osiyo xalkdarining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikri tarixi, maʼrifatparvarlik gʻoyalari muammolariga bagʻishlangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrir- Hamid Vohidovga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |