Hamid Ziyoyev (15-iyun 1923, Toshkent - 15.7.2015, Toshkent[1]) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori, professor (1968), Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutiilmiy xodimi (1950—63), yangi tarix shoʼbasi mudiri (1964—65), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1965–85). 1996 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida yetakchi ilmiy xodim. Ziyoyevning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo, Rossiya va Sharkiy Turkiston tarixi, 14–20-asrlardagi Oʻzbekiston tarixini oʻrganishga oid. Ziyoyev Turkiston mustamlaka davri tarixi muammolari bilan bogʻliq tadqiqotlar olib bormoqda. „Jasorat“ medali bilan taqdirlangan (1994)[2].

Hamid Ziyoyev
Tavalludi
Vafoti 13-iyul 2015

Manbalar

tahrir
  • Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash (18—20-asr boshlari), T., 1998; Istiqlol maʼnaviyat negizi, T., 1999; Tarix – oʻtmish va kelajak, T., 2000; Oʻzbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi, T., 2001.