Hamiduddin Toshkandiy — Toshkent shahrida ijod qilgan olim va shoir. Toshkandiy arab va fors tillarida qilgan ijodi davomida baʼzi kitoblarga sharhlar ham bitgan. Saʼduddin Taftazoniyning „at-Talvih“ asariga arab grammatikasi ustida bahs qiladigan „Hoshiyat al-hoshiyat“ sharhini yozgan. Ijodiy faoliyati davomida „Sharh ar-risolat fi odob al-bahs“ asarini yozib qoldirgan. Hasanxoja Nisoriy oʻzining „Muzakkir al-ahbob“ asarida Toshkandiy haqida ushbu fikr va qisqa maʼlumotlar yozib qoldirgan, „Mavlono Hamiduddin shirinsuxan, suhbati latiya, ulfati odam edi, shakarrez sheʼrlar yozar edi. U kishi Toshkentda vafot etdi“ deb Toshkandiy qalamiga mansub ikki baytini keltirib oʻtgan. [1]

Hamiduddin Toshkandiy
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti 1446-yil
Toshkent, Oʻzbekiston

Manbalar

tahrir
  1. Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Hamiduddin Toshkandiy". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 758.