Ikromov Hamidulla Ikromovich (1909.11.11 — Toshkent — 1964.14.4) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Iskandar Ikromovning ukasi. Toshkent led. texnikumini tugatgan (1929). Oʻzbekiston sanʼat muzeyi qoshidagi badiiy studiyada taʼlim olgan (1925-29). 1931-yil dan Hamza teatrida ishlagan. Nozim Hikmatning "Turkiya haqida hikoya" (1953), R. Tagor romani asosida tayyorlangan "Gang daryosining qizi" (1956), Hamzaning "Paran-ji sirlari" pyesasi asosida tayyorlangan "Xolisxon" (1956), Muhammad Dib romani asosida tayyorlangan "Jazoir — mening Vatanim" (1957), M. Shayx-zodaning "Mirzo Ulugbek" (1961), I. Sultonning "Nomaʼlum kishi" (1963) pyesalari asosida tayyorlangan spek-takllarga asar mazmunini toʻla ochishga xizmat qiladigan dekoratsiya eskizlari yaratgan. M. Gorkiy nomidagi rus drama teatrining ayrim spektakllariga ham (mas, Hamzaning "Paranji sirlari", 1956) sahna bezaklari ishlagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil