Guli Hamroyeva

Oʻzbekiston xalq artisti, balerina, baletmeyster, pedagog
(Hamroyeva Guli Razzoqovnadan yoʻnaltirildi)

Guli Razzoqovna Hamroyeva (02.12.1946, Toshkent — 16.04.2023) — balerina, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Razzoq Hamroyevnnj qizi. 1966-yil Toshkent xoreografiya bilim yurtining "balet artistkasi" ixtisosligi, 2001-yil Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining "baletmeyster-rejissyor" ixtisosligi boʻyicha tugatgan. 1966-yildan Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida avval balet raqqosasi, 2000-2002-yillar balet direktori, 2002-yildan pedagogrepetitor. 2002-yildan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining rek-tori. "Boqchasaroy favvorasi" (Zare-ma), "Don Kixot" (Kitri), "Esmeral-da" (Esmeralda), "Spartak" (Egina), "Sevgi tumori" (Chundari), "Jizel" (Mirta), "Oqqush koʻli" (Oqqush va ispancha raqs), "Zolushka" (Ugay ona), "Ispan miniatyuralari" (Ispan qiz), "Kar-men" (Karmen), "Korsar" (Gulnora), "Nasriddin sarguzashtlari" (Nasrid-dinning xotini), "Kleopatra" (Kle-opatra), "Jonlangan miniatyuralar" (Kanizak) kabi spektakllarda asosiy rollarni ijro etgan. Lirizm, psixo-logik teranlik, nafis harakat, xoreografik imo-ishora va harakatlarda u noyob uygʻunlikka erishdi. Raqqo-saning inson hissiyotlari, ichki kechinmalarini raqs harakatlarida mohirona yetkazishida oʻziga xos tahlili koʻzga tashlanadi. "Dilorom" (Di-lorom), "Semurg" (Parizod) kabi filmlarda suratga tushgan. H. hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Bolero" hujjatli filmi ishlangan (1995).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil