Hanif Burnashev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Hanif Hisanovich Burnashev (1900-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik jamoat hodimi, sovet partiya va davlat arbobi.
Hanif Hisanovich Burnashev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1900-yil 12-dekabr Oʻzbekiston, Namangan, Shahand qishlogʻi |
Fuqaroligi | SSSR |
Siyosiy partiyasi | Sovet partiyasi |
Istiqomat joy(lar)i | Oʻzbekiston |
Taʼlim | Toshkent gimnaziyasi, Qizil professura va Plexanov istituti |
Kasbi |
|
Hayoti va faoliyati
tahrirU Namangan viloyati Shahand qishlogʻida tatar dehqon oilasida dunyoga kelgan. Dastlab yangi usuldagi maktabda oʻqigan. Mustaqil ravishda rus va tojik tillarini oʻrgangan. Keyinchalik 1915—1916-yillarda Toshkentdagi gimnaziyada oʻqishni davom ettirgan. Hanifaning xat-savodliligini koʻrgan hokimiyat vakillari 1917—1918-yillari uni oʻz ishlariga jalb qiladilar. Soʻngra u millatlar komissarligining oʻlka sanʼat qoʻmitasini boshqaradi. 1919—1922-yillarda navbatma-navbat Toshkent, Sirdaryo va Fargʻona firqa qoʻmitalarida hamda Markaziy shoʻro va firqa turk maktabida mudir boʻlib, dialektik materializm, siyosiy iqtisod fanlaridan maʼruzalar oʻqigan[1].
1921—1925-yillarda Xalq kommunistik partiyasining 5-6—qurultoylarida va 1924-yil may oyidagi 8-qurultoyida hamda 1922-yil avgustdagi 12-Umumrossiya partiya konferensiyasida, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining 1921-yil mart oyidagi 10-qurultoyida firqa tashkiloti vakili sifatida ishtirok etadi.
1924-yildan boshlab Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasining targʻibot va tashviqot bo'limida rahbar lavozimida faoliyat olib boradi. 1925-yilda oʻzbek tilini yaxshi bilganligi sababli „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida masʼul muharrir va bir vaqtning oʻzida „Kommunist“ nashri tahrir hayʼati aʼzosi sifatida ish yuritgan. 1924-yilda Gosplan komissiyasi aʼzolari tarkibiga kiritilgach respublika sanoat korxonalarini qurish ishlariga jalb qilinadi. 1925-yilda Oʻzbekiston Xalq komissarlar Soveti Raisi oʻrinbosari vazifasiga tayinlanadi.
1928-yil mart oyida Oʻzbekiston Gosplan hayʼati raisi etib tayinlandi. 1928-yil sentabrda Yer ishlari (ziroatchilik) xalq komissari sifatida komissarlikni boshqargan. 1929-yilda Oʻzbekiston MIQ Prezidiumi aʼzosi etib tayinlandi. 1930—1937-yillarda Yer ishlari komissari oʻrinbosari hamda komissarlikning moliya-plan boʻlimining boshligʻi bo'lib ishlaydi. Hanif Burnashevni oʻzbek tilida siyosiy iqtisod va jamiyatshunoslik haqida darsliklarni birinchilardan boʻlib yozib yaratgan shaxs sifatida ham tanisak boʻladi.
1937-yil 25-iyunda NKVD xodimlari tomonidan terroristik tashkilotga aʼzo deb topilib, toʻqima ayb bilan qamoqqa olinadi va keyinchalik 1938-yil 22-martda otib oʻldirishga hukm qilindi. 1956-yil 18-avgustda oqlandi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „БУРНАШЕВ Ханиф Хисанович“. centrasia.org. Qaraldi: 2-may 2024-yil.
- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.