Hans Beck
Hans Beck (1929-yil 6-may, Greiz – 2009-yil 30-yanvar, Markdorf) – playmobil oʻyinchoqlarini yaratgan nemis ixtirochisi. U koʻpincha „playmobilning otasi“ deb taʼriflanadi[1]. U yoshligidan oʻyinchoqlar yasashni boshlagan va 1958-yilda oʻyinchoqlar kompaniyasi Geobra Brandstätter tomonidan ishga qabul qilinishidan oldin duradgorning shogirdi boʻlgan. Beck 1971-yilda mavjud oddiy oʻyinchoqlardan harakatchanligi bilan ajralib turadigan playmobil figurasining qismlarini ishlab chiqish uchun mas’ul shaxs boʻlgan. Playmobil oʻyinchoqlar toʻplami 1974-yilda ishlab chiqarilgan va 1975-yilda global muvaffaqiyatga erishgan.
Ixtirosi
tahrirHans Beck | |
---|---|
Tavalludi |
1929-yil 6-may |
Vafoti |
2009-yil 30-yanvar |
Fuqaroligi | nemis |
Mashhur ishlari | playmobil o'yinchoqlar to'plamining ixtirochisi |
1971-yilda Brandstätter kompaniyasi Beckdan bolalar uchun oʻyinchoq figuralarini ishlab chiqishni taklif qilgan. Beck uch yil davomida playmobil nomini olgan oʻyinchoq qismlarini ishlab chiqgan. U shunday deb taʼkidlagan: „Menga bu taklif kelib tushganidan soʻng bozorda nima borligini koʻrish uchun atrofga qaradim, lekin faqat 1800-yillardan beri ishlab chiqarilgan qalay askarlarini topdim, ular egilib yoki harakatlana olmaydigan eski oʻyinchoqlar edi“. Shundan soʻng uch dyuymdan kichikroq oʻlchamdagi va boshini, qoʻllarini va oyoqlarini harakatga keltira oladigan yangi oʻyinchoq figurasini ishlab chiqgan[2].
1973-yilgi neft inqirozi neftdan olinadigan plastmassa narxini sezilarli darajada oshirdi. Bu Geobra Brandstätterni oʻzlari ishlab chiqarayotgan yirik oʻyinchoqlarga qaraganda kamroq plastik xom ashyo uchun koʻproq daromad keltiradigan mahsulotlarni koʻrib chiqishga undagan. Beckning oʻyinchoqlari esa bunga yechim sifatida taklif qilingan[3].
Oʻlimi
tahrirBeck 1998-yilda nafaqaga chiqishdan oldin Brandstätterda 40 yil ishlagan[4]. U 24 yil davomida kompaniyada tadqiqot va ishlanmalar boʻlimi boshligʻi boʻlgan[5]. 2009-yil 30-yanvarda Markdorf-am-Bodensi shahrida ogʻir kasallikdan soʻng 79 yoshida vafot etgan. Geobra Brandstaetter GmbH & Co. kompaniyasi uning oʻlimidan soʻng kompaniyaning taziyanomasini eʼlon qilgan, unda „Beck kompaniyaga oʻziga xos tarzda ajoyib xizmatlar koʻrsatgan xodimlardan biri boʻlib uning buyuk hunarmandchilik isteʼdodi va katta malaka bilan ishlaganini ayniqsa oʻyinchoqlar tarixida muhim sahifa yozgan va millionlab bolalarni xursand qilgan shaxs sifatida tarixda qoldi.“[6]
Manbalar
tahrir- ↑ „"Hans Beck: Inventor of Playmobil children's toys". Independent. 12 February 2009. Archived from the original on 2022-05-09. Retrieved 29 March 2021.“.
- ↑ „"One Man's Tiny Plastic Universe". The Christian Science Monitor. 7 October 1997. Retrieved 29 March 2021.“.
- ↑ „"FAI World Championship Indoor class F1D 1966". Free Flight News. Retrieved 24 December 2015.“.
- ↑ „"Playmobil's German inventor Hans Beck dies aged 79". The Guardian. 3 February 2009. Retrieved 29 March 2021.“.
- ↑ „Hevesi, Dennis (6 February 2009). "Hans Beck, Designer of Little Plastic People, Dies at 79". The New York Times. Retrieved 3 April 2021.“.
- ↑ „"Hans Beck Obituary". Legacy. 4 February 2009. Retrieved 29 March 2021.“.