Hans Spemann
Hans Spemann (1869.27.6, Shtutgart 1941.12.9, Frayburg, Baden) — nemis embriologi, eksperimental embriologiyaning asoschilaridan biri. Geydelberg, Myunxen, Vyursburg universitetida oʻqigan. Rostok (1908—14) va Freysburg (1919—37) universitetida professor Berlindagi biologiya instituti direktori (1914—19). Ilmiy faoliyati suvda va quruqlikda yashovchilarning eksperimental embriologiyasiga oid. Sh. izlanishlari rivojlanayotgan embrion qismlarining oʻzaro bogʻliqligi, determinatsiya va boshqalar jarayonlarni oʻrganishga zamin yaratdi. Nobel mukofoti laureati (1935).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |