Haqberdi Ahrorov — 1912-yili tugʻilgan, Samarqand rayoni Buzi qishlogʻidan, 1 marta qamalgan va 3-marta vaqtincha qamoqqa olingan. 1934-yili xalq sudi tomonidan ommaviy qurollangan oʻgʻirlik vaqtida qotillik uchun 6 yilga qamalgan, jazoni oʻtamagan. 1936-yil 6-oktyabrda shartli ravishda muddatdan oldin ozod etilgan, hibsga olingan vaqtda aniq mashgʻuloti boʻlmagan. Lagerlardan ozod boʻlgach jinoiy bandit unsuri bilan aloqa oʻrnatganlikda, oʻgʻirlik va talashlar bilan shugʻullanganlikda, doimiy ravishda ichganlikda, kolxozchilarni ichishga taklif qilganlikda, may oyida Shonazarov bilan birgalikda bir ayolni ushlab, pichoq bilan qoʻrqitib, uni mast holatigacha ichkizib zoʻrlaganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 131-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.