Optik tasvir — biron bir obyektning shu obyekt chiqarayotgan yoki qaytarayotgan yorugʻlik nurlariga optik tizim (qarang Optik tizimlar) taʼsir qilishi natijasida hosil boʻladigan tasviri. Optik tasvir haqiqiy va tasavvurdagi xillarga boʻlinadi (rasmga q.). Haqiqiy Optik tasvir uchrashuvi nurlar dastasi kesishgan nuqtada hosil boʻladi. Bu tasvirni ekranda hosil qilish mumkin. Tasavvurdagi Optik tasvirni ekranda hosil qilib boʻlmaydi, chunki baʼzi hollarda optik tizimdan chiqqan nurlar uchrashmaydi. Optik tasvirda obyektning qiyofasi va detallari bir oz buzilib chiqadi. Bunga aberratsiya sabab boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil