Harakat nomi
Harakat nomi — feʼlning ishharakat nominigina bildiruvchi, zamon, shaxs-son, mayl kabi maʼnolarga ega boʻlmaydigan funksional shakli. Feʼlning bu shakli -(i)sh, -(u)v, moq affikslari yordamida hosil boʻladi; oʻqish, yozuv, aytmoq kabi.
Harakat nomi shakllari ishharakatning baja-rilishi yoki bajarilmasligini va ular bilan bogʻliq maʼnolarni bildirmaydi, balki harakat-holatning oʻzini ataydi, yaʼni harakat-holatning atamasi hisoblanadi. Shuning uchun ham ular otga xos grammatik koʻrsatkichlarni qabul qila oladi, gapda otning sintaktik vazifalarini bajaradi. U rus tilidagi feʼlning noaniq shakli va gʻarb tillaridagi infinitiv shakliga ekvivalentdir. -sh/ish va moq koʻrsatkichlari bilan hosil qilinuvchi shakllar baʼzan lik affiksi bilan qoʻllanishi mumkin: borishlik, bormoqlik. Biroq bu adabiy til uchun meʼyoriy holat emas. -v /-uv affiksi bilan yasaluvchi shakl nisbatan kam qoʻllanadi. U qoʻshilganda, feʼl oʻzagi muayyan oʻzgarishlarga uchraydi: oʻqi— oʻquv, ishla — ishlov. Bu shakldagi koʻplab feʼllar otga koʻchgan: saylov, qistov, tanlov, oʻquv. Harakat nomining har uch shakli ham feʼllarning boʻlishsizlik koʻrsatkichi ma affiksini qabul qilmaydi. Harakat nomining boʻlishsiz shakli -maslik affiksi yordamida hosil qilinadi: bormaslik, kelmaslik, aytmaslik. Boʻlishsizlik shaklining har uchala koʻrsatkich uchun umumiyligi ularning maʼnoga koʻra jiddiy farqqa ega emasligini koʻrsatadi.
Sintaktik vazifasi: gapda ega tarkibida keladi
Ilhomjon Madrahimov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |